Главная | Регистрация | Вход | RSSJuma, 10.05.2024, 00:56

SOFT PORTAL OF UZBEKISTAN

Меню сайта
Категории раздела
Kompyuterlar uchun [16]
Mobil telefon uchun [10]
Foydali maslahatlar [13]
Sport yangiliklari [5]
Oshxona [4]
Avto Olam [3]
Bu qiziq ... [42]
She'riyat [10]
Kitoblar [8]
Shou-Biznes [0]
Ilm-Fan [3]
Kashfiyotlar [7]
Latifalar [1]
Buyuk Siymolar [21]
Ibratli hikoyalar [4]
Topishmoqlar [6]
Aforizmlar [19]
Yulduzlar biografiyasi [2]
Dasturlash tillari [6]
Eng-Eng-Eng [4]
Hayvonot dunyosi [14]
Qiziqarli masalalar [1]
Salomatlik [2]
O'simliklar dunyosi [1]
Maqollar [7]
E-Book [1]
Мини-чат
Наш опрос
Qaysi biri kuchli?
Barcha javoblar: 37
Статистика

Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

20:17
Odam va uning a’zolari haqida topishmoqlar
Erta bilan to‘rt oyoqlab yuradi,
Tushda ikki oyoqlab yuradi,
Kechqurun uch oyoqlab yuradi.
(Odam — bolaligi, yigitligi, keksaligi)

To‘rtida tariqday,
O’ttizda ayiqday,
To‘qsonida tovuqday.
(Odam — bolaligi, yigitligi, keksaligi)

O’zi bitta,
Kallasi ikkita,
Dumi bitta,
Oyog‘i oltita.
(Ot mingan odam)

Bir to‘bada yetti teshik.
(Bosh, og‘iz, burun, ko‘z va quloq)

Bukdim, bukdim,
Ariqdan u yoqqa tashladim.
(Soch o‘rimi)

Qora tol butoqsiz.
(Soch o‘rimi)
Tog‘da tayoq serkillar.
(Soch o‘rimi)

Jarga ilon yopishgan.
(Soch o‘rimi)

Uy ustida sara yoy.
(Qosh)

Tom ustida qo‘sh chiroq.
(Ko‘z)

Kunduzi yonar,
Kechasi so‘nar.
(Ko‘z)

Bir ola chilbirim bor,
U tog‘dan bu toqqa yetadi.
(Ko‘z)

Ohurda ola buzoq o‘ynaydi.
(Ko‘z)

Qo‘sh inda qo‘sh sichqon o‘ynaydi.
(Ko‘z)

Ola kabutar?
Topilmas gavhar.
(Ko‘z)

Ikki og‘ayni bir-birini ko‘rmaydi.
(Ko‘z)

Qarichdan yaqin,
Osmondan uzoq.
(Ko‘z)

Atrofi chakalakzor,
O’rtasi yorug‘ yulduz.
(Ko‘z bilan kiprik)

Sandiqchamni ochdim, yopdim,
Sachoqlari tashqarida qoldi.
(Ko‘z bilan kiprik)

Bir quduqning boshida qirq qiz,
Ham qopishar, ham tepishar.    
(Ko‘z bilan kiprik)

Oynam usti qopqoqli,
Atroflari chachoqli.
(Ko‘z bilan kiprik)

Kunduzi tayoqlashar,
Kechasi quchoqlashar.
(Kipriklar)

Ustida ikki darcha,
O’rtasida bir kunda.
(Burun)

Tekis joyda qo‘sh to‘la.    
(Burun)

Qirli tog‘dan qizil ko‘ylakli qiz yumalab tushdi.
(Burun qoni)

Bir teshikda hamma olam.
(Quloq)

Eshitadi, ko‘rmaydi,
Ko‘radi, eshitmaydi.
(Quloq, ko‘z)

Uyoqqa qarasangiz ko‘rmaysiz,
Bu yoqqa qarasangiz ko‘rmaysiz.
Boshingizga qarasangiz ko‘rmaysiz,
Soyangizga qarasangiz ko‘rinadi.
(Quloq)

G’aznadir, to‘lmas,
Bir kun bo‘sh bo‘lmas.
Bo‘sh qolsa, turmas,
Usiz jon bo‘lmas.
(Og‘iz)

Oq kuchugim aravadan sakradi.
(Tupuk)

O’ra,
O’ra boshida sho‘ra.
(Og‘iz, mo‘ylov, soqol)


Категория: Topishmoqlar | Просмотров: 2750 | Добавил: WebmasterUz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2010  »
DuSeChorPayJuShaYak
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2024