Главная | Регистрация | Вход | RSSYakshanba, 12.05.2024, 23:41

SOFT PORTAL OF UZBEKISTAN

Меню сайта
Категории раздела
Kompyuterlar uchun [16]
Mobil telefon uchun [10]
Foydali maslahatlar [13]
Sport yangiliklari [5]
Oshxona [4]
Avto Olam [3]
Bu qiziq ... [42]
She'riyat [10]
Kitoblar [8]
Shou-Biznes [0]
Ilm-Fan [3]
Kashfiyotlar [7]
Latifalar [1]
Buyuk Siymolar [21]
Ibratli hikoyalar [4]
Topishmoqlar [6]
Aforizmlar [19]
Yulduzlar biografiyasi [2]
Dasturlash tillari [6]
Eng-Eng-Eng [4]
Hayvonot dunyosi [14]
Qiziqarli masalalar [1]
Salomatlik [2]
O'simliklar dunyosi [1]
Maqollar [7]
E-Book [1]
Мини-чат
Наш опрос
Saytimizga ko'proq nimalar berib borilishini hohlaysiz ?
Barcha javoblar: 61
Статистика

Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

14:32
Oybek

Hayot va ijod yo’li. Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek 1905- yilning 10- yanvarida Toshkentning Gavkush mahallasida, hunarmand to'quvchi oilasida tug'ildi. Ota-onasi uni yoshligida eski maktabga o'qishga berishgan. Oybekning sokzga bo'lgan muhabbati onasi Shahodatbonu yordamida kuchaydi. Muso o'n to'rt yoshga to'lganda "Namuna" nomli yangi usuldagi boshlang'ich sho'ro maktabida o'qishni davom ettiradi. U o'n olti yosh­ga yetganda, Navoiy nomidagi ta'lim-tarbiya texnikumiga o'qishga kirdi. Texnikumdagi tahsil uning mumtoz adabiyotga muhabbatini yanada teranlashtirishdan tashqari, qiziquvchan o'spirinni rus adabiyoti bilan yaqinlashtirdi. Oybek o'z xotiralarida: "Xayol daryosi keng edi menda. O'qtin-o'qtin o'zimcha mashq qilib, bitta-yarimta she'r yozib ham qo'yardim. Xotiramda bor, ilk she'rim texnikumning "Tong yulduzi" nomli devoriy gazetasida chiqdi. Keyin shu gazetaga o'zim mas'ul muharrir bo'ldim. Sekin-sekin respublika gazetalarida she'rlarim bosila boshladi" Shu tariqa Oybek adabiyot olamiga kirib keladi.

Shu texnikum talabasi, Oybekning bolajak rafiqasi Zarifa Saidnosirova o'z xotiralarida shunday yozadi: "Oybek oriq va novcha yigit bo'lib, qo'ng'ir... qalin sochlari do'ppisidan toshib turardi. Yirik qora ko'zlari shogirdlik davridayoq teran ma'noli va xayolchan edi... Oybek "Tong yulduzi" devoriy gazetamizning muharriri edi. U ba'zan yo'Iimni to'sar, gazetaga biror narsa yozib berishim yoki rasm solishimni so'rar edi. U bir kuni she'rga liq to'la, qalingina, sariq muqovali daftarni qo'limga tutqazdida, she'rlarning boshi va oxiriga kichik-kichik rasmlar chizib berishimni so'radi. Yo'q deya olmadim va eng nozik mo'yqalam va akvarel bo'yoqlar ila rasmlar chizdim...".

1925- yilda texnikumni tugatgan Oybek O'rta Osiyo davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti iqtisod boiimiga o'qishga kirdi. Oybek o'qishini 1927- yilda Sankt-Peterburgdagi Plexanov nomidagi xalq xo'jaligi institutiga ko'chirdi. Namxush va zax Peterburgda tahsil bilan o'tgan ikki yil shoirning salomatligiga yomon ta'sir ko'rsatdi va u 1930- yilda ofczi o'qigan universitetga qaytib keldi. O'qishni tugatgach, besh yil davomida o'sha yerda siyosiy iqtisod va marksizm-leninizm asoslaridan ma'ruzalar o'qidi.

Adabiyotga shoir sifatida kirib kelgan, Cho'Ipon hamda rus simvolistlarining ta'sirida bo'lgan Oybek tez orada o'ziga xos ovozga ega ijodkor ekanligini ko'rsatdi. 30-yillarda u "Dilbar davr qizi", "O'ch", "Baxtigul va Sog*indiq", "Navoiy" singari o'nga yaqin doston yaratdi. U hikoyachilikda ham o'zini sinab ko'rdi.

1937- yilgi qatag'on shamoli Oybekni ham chetlab o'tmadi. U til va adabiyot institutidagi ishidan haydaldi. Yozuvchilar uyushmasi safidan chiqarildi. Mahalliy matbuot eshiklari uning uchun yopildi. Lekin shoir umidsizlikka tushmadi, o'zining butun kuchini ijodga bag'ishladi. Tinmay yozdi. "Qutlug4 qon" romani qonga botgan 1938- yilda yozilgan.

Oybek urush yillarida ham samarali ijod qildi. Uning mashhur "Navoiy" romani 1942- yilda yozildi. Shu yillarda adib "Mahmud Torobiy" tarixiy dramasini ham yaratdi. 1943- yilda O'zbekistonda Fanlar akademiyasi tashkil etilishi bilanoq, Oybek G'afur G'ulom bilan birga uning haqiqiy a'zosi qilib saylandi va o'sha kunlardan to 1951- yilga qadar akademiyaning gumanitar bo'limi boshlig'i lavozimida ishladi.

Ikkinchi jahon urushi tugagach, Oybek O'zbekiston yozuvchilar uyush­masi raisligiga saylandi va 1949- yilgacha shu lavozimda mehnat qildi. Shu yillarda adib "Oltin vodiydan shabadalar" romanini yozdi. Oybek 1951- yil­da og'ir xastalikka chalindi. Gapirolmay qolgani, harakatlari cheklangani, xotirasi susayganiga qaramay, u umrining keyingi yillarida "Quyosh qoraymas", "Ulug' yoT' romanlari, "Nur qidirib", "Bolalik", "Bola Alisher" qissalarini yaratdi. Talaygina she'r va dostonlar bitdi.

Mashhur ximik olima, Oybekning ayoli Zarifa Saidnosirova shunday yozadi: "1968- yilning 1- iyulida, oltmish uch yoshida Oybek vafot etdi. Men hayotimning birdan-bir ma'nosi bo'lgan ulug4 insondan judo bo'ldim. Men hozir Oybekning o'limoldi kunlarini yozishga qanchalik shaylanmay, qo'lim qaltirab, nafasim tiqilib qolmoqda. Qulog'imda hali ham: "Men o'lyapman, Zarifa, rozi bo'l!"- degan so'zlari jaranglab turibdi". Oybek faqat uydagilarga emas, balki o'zi bilan aloqada bo'lgan har qanday odamga yaxshilik qilishga urinadigan shaxs edi. Shundan bilinadiki, u ijodkor sifatidagina emas, balki, odam sifatida ham atrofdagilarning mehr-u hurmatini qozongan, ularning yuragidan chuqur joy olgan shaxs edi.

Категория: Buyuk Siymolar | Просмотров: 1956 | Добавил: WebmasterUz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 samuel92  
qoyil ajoyib malumotlar oldim rahmat

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  May 2011  »
DuSeChorPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2024