Главная | Регистрация | Вход | RSSYakshanba, 12.05.2024, 19:17

SOFT PORTAL OF UZBEKISTAN

Меню сайта
Категории раздела
Kompyuterlar uchun [16]
Mobil telefon uchun [10]
Foydali maslahatlar [13]
Sport yangiliklari [5]
Oshxona [4]
Avto Olam [3]
Bu qiziq ... [42]
She'riyat [10]
Kitoblar [8]
Shou-Biznes [0]
Ilm-Fan [3]
Kashfiyotlar [7]
Latifalar [1]
Buyuk Siymolar [21]
Ibratli hikoyalar [4]
Topishmoqlar [6]
Aforizmlar [19]
Yulduzlar biografiyasi [2]
Dasturlash tillari [6]
Eng-Eng-Eng [4]
Hayvonot dunyosi [14]
Qiziqarli masalalar [1]
Salomatlik [2]
O'simliklar dunyosi [1]
Maqollar [7]
E-Book [1]
Мини-чат
Наш опрос
Saytimizga ko'proq nimalar berib borilishini hohlaysiz ?
Barcha javoblar: 61
Статистика

Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

14:15
Pirimqul Qodirov

1928- yilning 25- oktabrida Turkiston tizma tog'lari etagida joy-lashgan bahavo va xushmanzara Kengkoi qishlog'idagi o'ziga to'q cho'ponlardan birinikida o'g'il tug'ildi. Qishloq atrofidagi tog'-u tosh, daraxt-u jondorlar Turkiston tog'lari singari qadimiy, mangulikka daxldorday edi. Soy ming yillardan beri oqar, buloq sanoqsiz davrdan buyon qaynab yotar, shoxlari tarvaqaylagan archalarning yoshlari ham asrlar bilan o'lchanardi. Qodir cho'pon oilasida uchin-chi o'g'il bo'lib dunyoga kelgan Pirimqul juda serzavq, tiyrak va qiziquvchan bo'lib o'sdi. Tabiatning beqiyos ulug'vorligi xayolchan bolaning o'ylarini bezovta qilar, uni atrofiga hayrat bilan qarashga undardi.

1930- yilda uning otasi quloqi sifatida besh yilga surgun qilindi va oilasidagilarning bor mulki: ustlaridagi kiyim-u ko'rp'a-to'shagigacha tortib olindi. Bo'lajak yozuvchi zo'ravonlikning «ta'mi»ni juda erta totib ko'rdi. Maktabda yaxshi o'qidi, ammo quloqning bolasi bo'lgani uchun mukofotlardan mahrum edi. Bu hoi uni tezroq ulg'aytirdi. Tirikchilikning tuganmas va yoqimsiz tashvishlari Pirimqul zimmasiga juda erta tushdi. Urush yillarida kolxozda ishladi. Yosh bo'lsa ham Pirimqul savodli, boshqalarga nisbatan hisobdonroq edi. Keyinroq yo'l qurilishida mehnat qildi. Bir muddat Bekoboddagi me tallurgiya zavodida ham ishlab ko'rdi. 1951- yilda Toshkent dorilfununining sharqshunoslik fakultetini bitirdi. Moskvada aspiranturani o'tadi.

Bilimga tashna P. Qodirov 1954-yilda Abdulla Qahhor ijodi yuzasidan dissertatsiya yoqlab, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.

Pirimqul Qodirovning dastlabki kitobi — «Studentlar» chop etilganida muallifning o'zi hali talaba edi. Keyin u «Uch ildiz», «Qora ko'zlar», «01mos kamar», «Yulduzli tunlan>, «Avlodlar dovoni* I singari romanlar, «Qadrim», «Meros», «Erk», «Akramning sarguzashtlari», «Yayra institutga kirmoqchi», «Najot» singari qissalar va ko'plab dolzarb mavzularda pishiq hikoyalar yozib, elning taniqli yozuvchisiga aylandi.

P. Qodirovning ilmiy asarlari ham o'zbek adabiyotshunosligi taraqqiyotida o'ziga xos o'rin tutadi.

Abadiy tog'lar bag'ridan maskan topgan qishloq bag'rida tug'ilib o'sgan adib millatning abadiyligini aks ettiruvchi mavzularga' ko'p murojaat qiladi.

Turkiston Rossiya tomonidan bosib olinganidan to O'zbekiston o'z mustaqilligiga erishguniga qadar o'tgan davr mobaynida xalqimiz o'z tarixidan ataylab ajratib kelindi. Milliy tariximizning yorqin sahifalarini bezagan shaxslar qonxo'r, bosqinchi, ybvuz deb aytildi. Shu tariqa xalqqa sening o'tmishing yo'q edi, kelajakdagi ozod va mustaqil hayoting ham amalga oshmaydigan orzu degan xulosa singdirilishi kerak edi.

P. Qodirov buni tushunib yetgan va o'z xalqining shonli farzandlari haqida badiiy asarlar yaratishga o'zida kuch topa olgan dastlabki o'zbek adiblaridan biridir. U qariyb yigirma yil mobaynida boburiylar saltanati tarixini badiiy aks ettirishga harakat qildi. Shu niyatning mahsuli sifatida uning mashhur romanlari: «Yulduzli tunlan> va «Avlodlar dovoni» paydo bo'ldi.

«Yulduzli tunlar romani o'z yurtidan, o'z taxtidan ayrilgan shaxs — shoir va shoh Bobur Mirzoning murakkab taqdirini aks ettirishga bag'ishlangan bo'lsa, «Avlodlar dovoni»da Hindistonda buyuk Bobur tomonidan asos solingan boburiylar saltanatining Humoyun, Akbarshoh va boshqa namoyandalari qismati tasvir etiladi.

Pirimqul Qodirovning tarixiy asarlari o'quvchilarni ajdodlarimizning buyuk ishlari bilan tanishtiradi, ularning maqsadlarini, armonlarini, intilishlarini tushunishga o'rgatadi, buyuk vatandoshlarimizdan faxrlanish tuyg'usini shakllantiradi. Faxrlanadigan millatdoshlari bor millat, faxrlana oladigan farzandlari bor millat o'z istiqbolining egasi bo'ladi.

Категория: Buyuk Siymolar | Просмотров: 2135 | Добавил: WebmasterUz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  May 2011  »
DuSeChorPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2024