Главная » 2010 » Dekabr » 30 » Shaxsiy kompyuter nosozliklarini aniqlash va yo’qotish usullari
10:15
Shaxsiy kompyuter nosozliklarini aniqlash va yo’qotish usullari
Kompyuter texnikasidan foydalanishda unda yuzaga
keladigan ayrim nosozliklarni aniqlash metodikalari va ularni yo'qotish
usullariga doimo katta e'tibor qaratiladi. Bu masalada shaxsiy kompyuter (ShK)
nosozliklarini tashhis qilish va sozlash bo'yicha axborotlarni umumlashtirib,
o'rganish katta ahamiyatga ega.
Kompyuter texnikasidan foydalanishda unda yuzaga keladigan ayrim
nosozliklarni aniqlash metodikalari va ularni yo'qotish usullariga doimo katta
e'tibor qaratiladi. Bu masalada shaxsiy kompyuter (ShK) nosozliklarini tashhis
qilish va sozlash bo'yicha axborotlarni umumlashtirib, o'rganish katta
ahamiyatga ega.Ma'lumki,
jamlovchi qismlari va detallarining har bir komponenti kompyuterning noto'g'ri
yoki nuqsonli ishlashiga sabab bo'lishi mumkin. Agar kompyuter umuman ishlamasa, ishlamayotgan
buzilgan elementini ShK detallarini navbat bilan ishlashi aniq bo'lgan
detallarga almashtirib, osongina aniqlab olish mumkin. Agar shunday imkoniyat
bo'lmasa, tekshirmoqchi bo'lgan barcha detallarini olib, do'stingiz yoki
qarindoshingiznikiga borishingiz mumkin. Ishlab turgan kompyuter orqali o'z
detallaringizni navbat bilan almashtirib ko'rib, buzilgan detalni osongina
topish mumkin. To'xtab qoladigan komponentni topish ancha qiyinroq bo'ladi.
Shunday holatlarda kompyuter o'zidan-o'zi "to'xtab qolishi",
yuklanishi yoki ekrani moviy rangli bo'lib qolishi mumkin. Mana shu nosozliklar
sabablarini qanday aniqlash to'g'risida ma'lumotlar keltirib o'tamiz.
Umuman olganda, ShK
muammolarini quyidagi: ishlab turgan kompyuter qotib qolishi, BSOD, o'z-o'zidan
qayta yuklanishi va o'z-o'zidan o'chib qolishi kabi guruhlarga ajratish mumkin.
Quyida mana shu nosozliklarni aniqlash va qaysi dasturlar bilan ularni
"davolash" kerakligini batafsil o'rganib chiqamiz.
ShK qotib qolishi. Agar ShK tez-tez qotib qoladigan
bo'lsa, unda bu holatning asosiy sababi quyidagilar: kompyuterning qizib
ketishi, sifatsiz quvvat manbai, bir yoki bir necha komponentlarining notekis
ishlashi, dasturiy ta'minotdagi (operatsion tizim, drayverlar, qo'shimchalarda)
xato yuz bergan bo'lishi mumkin.
Tizimning qaysi bir
komponenti qizib ketayotganligini aniqlash uchun monitoring dasturlari biridan
foydalanish kerak bo'ladi. Shundan keyin ShK eng ko'p qotib qoladigan
sharoitlarni hosil qilish kerak. Monitoringni kuzatib borib, kompyuterda nima
qizib ketayotganligini aniqlang va qo'shimcha sovitish manbai kiritish
to'g'risida o'ylang. Agar hammasi joyida bo'lsa ham, muammo bartaraf
etilmayotgan bo'lsa, quvvat manbai blokiga e'tibor qarating. Birinchi navbatda,
quvvat manbai bloki bilan korpusni arzon narxda sotib olganlar shunday
qilishlari kerak. Arzon bahoda sotib olgan bo'lsangiz, ishlab
chiqaruvchilarning bloklarini ko'rasiz. Aytib o'tilgan "brendlarning"
mahsulotlar sifati yaxshi emas. Bundan tashqari, uy sharoitlarida blokni test
sinovlaridan o'tkazish metodikasini ham o'rganib qo'ygan ma'quldir.
O'rnatilgan dasturiy
ta'minotdagi nuqson ham kompyuterning tez-tez qotib qolishi sabablaridan biri
hisoblanadi. Agar kompyuter qaysidir dastur (masalan, tizim drayverlari,
qo'shimcha tizim xizmatlari va boshqalar) o'rnatilgandan so'ng qotib qoladigan
bo'lib qolsa, unda avvaliga uni o'chirib tashlab sinab ko'rish kerak. Juda
bo'lmaganida tizimni qayta o'rnatish zarur bo'ladi. Bundan tashqari, barcha
shleyflar yaxshi ulanganligini, xotira plankalarini, kengaytirish platalarini
tekshirib chiqish kerak. Ular mahkam va tekis ulangan bo'lishi kerak. Ba'zida
sistemani oxirgi vintigacha yechib tashlash va puxta o'ylab, yaxshilab qayta
yig'ish ham yordam beradi. Juda og'ir holatlarda unchalik zarur bo'lmagan
barcha komponentlarni - tovush kartalari, optik disklar, tyunerlarni atrof
qo'shimcha qurilmalarini o'chirib qo'yish ham juda foydali bo'ladi. Agar
shunday holatda ShK yaxshi ishlasa, unda "devayslarni" navbat bilan
o'z joyiga qaytarib, qotib qolishga sababchi aybdorni topish mumkin.
Moviy ekran muammosi. Monitor moviy ekrani ko'pincha bir
yoki bir necha qurilmalar ishida nosozliklar bo'lganida hamda dasturiy
ta'minotda muammolar bo'lganida paydo bo'ladi. Kompyuter qotib qolishidan
BSOD'ning farqi ShK ishlamay qolganida moviy fonda oq rangli matn ko'rinishida
ogohlantirishga ulguradi. Ba'zida ekranda umuman o'qib bo'lmaydigan
"yozuvsimon shakllarni" ko'rish mumkin. Agar o'chib qolish sabablari
to'g'risidagi axborotni o'qib ulgursangiz BSOD bergan axborot qaysi qurilmaga
taalluqli ekanligini aniqlashga urinib ko'ring. Agar aniqlay olmasangiz,
Internetdagi temirlar to'g'risidagi saytlar forumiga yordam bilan murojaat
eting.
Shundan keyin BSOD
tomonidan shikoyat qilingan qurilmani almashtirish yoki test sinovidan
o'tkazish bilan ayb qayerda ekanligini aniqlashga harakat qiling. Agar moviy
ekran paydo bo'lib, tezda yo'q bo'lsa va ShK qayta yuklana boshlasa, operativ
xotira va quvvat blokini tekshiring. Operativ xotirani boshqa kompyuterda
tekshirib ko'rish mumkin. Ba'zida kontaktlarni oddiy qalam bilan tozalab keyin
spirt bilan artish ham yordam beradi.
O'z-o'zidan qayta
yuklanish. Agar ShK
o'z-o'zidan qayta yuklanadigan bo'lsa (ayniqsa, ishga tushirilganida yoki
murakkab qo'shimchalar ishlash jarayonida), unda birinchi bo'lib, quvvat
blokini tekshirib ko'rish zarur bo'ladi. Buni oddiy tajriba usuli bilan -
quvvat bloki test sinovi rejimida S&M dasturi ishga tushiriladi. O'z-o'zidan
qayta yuklanishning yaxshi ma'lum bo'lgan va jonga tekkan ta'minot blokidagi
boshqa sabablardan biri biror-bir joyida kontaktlari yomonligi bo'lishi mumkin.
Barcha ulangan qismlarni tekshirib chiqing. Agar kompyuter oldindan hozir qayta
yuklanish sodir bo'lishi to'g'risida ogohlantirsa, bundan oldin hech qanday
dasturni o'rnatmagan bo'lsangiz va qayta yuklanishni to'xtata olmasangiz, unda
bunga zararli Sasser dasturi yoki uning ko'plab sharhlaridan biri sababchi
bo'lishi mumkin. Bunday holatda yangi antivirusni takror ishga solish kerak.
ShKning o'z-o'zidan
o'chib qolishi. Kompyuterning o'z-o'zidan o'chib qolishida markaziy
protsessorning yoki quvvat blokining qizib ketishi eng birinchi sabablardan
hisoblanadi. Zamonaviy ona platalar protsessor ma'lum darajada qizib ketganida
quvvat manbaidan o'chiradi. O'chirilishi kerak bo'lgan ko'rsatkichlar BIOS'da
o'rnatiladi. Shunday muammoga duch kelganingizda birinchi navbatda, albatta
protsessorni yetarlicha sovitilayotganligiga ishonch hosil qiling. Ba'zi
platalarda dasturiy monitoring, ko'rsatkichlarni ba'zan juda oshirib yuborib,
ba'zan juda pasaytirib yuborib, aniq ishlamaydi. Bunday holatlarda protsessor
kuleri radiatoriga barmoqlarni tekkizib ko'rib (ehtiyot bo'ling - kuyib qolish
mumkin!) haroratni aniqlash eng oddiy usul hisoblanadi. Agar barmoqni uzoq vaqt
tekkazib turish mumkin bo'lsa, demak, hammasi joyida. Agar uzoq vaqt tekkazib
turish mumkin bo'lmasa, kulerning yaxshi o'rnatilganligini tekshirib ko'rishga
to'g'ri keladi. Agar kuler to'g'ri o'rnatilgan, biroq uning quvvati yetmayotgan
bo'lsa (buni ishlab chiqaruvchi saytidan u qaysi protsessorlar uchun
mo'ljallanganligini topib aniq bilib olish mumkin), unda yanada kuchliroq
sovutish tizimini o'rnatish haqida o'ylashga to'g'ri keladi. Ko'pincha sistema
bloki ichiga chang to'planishi (bu holat yerda turadigan sistema bloklarida
ko'p uchraydi), ventilyatori to'xtab qolishi yoki juda issiq yoz kunlari
sababli qizib ketish muammosi paydo bo'ladi.
Quvvat manbai bloki qizib ketishi sababini aniqlash ham oson. Birinchi
navbatda, ventilyatori ishlayotganligini tekshirib ko'rish zarur. Agar
ishlayotgan bo'lsa, haydalayotgan havo harorati qanday? Iliq
"shabada" xavf tug'dirmaydi. Issiq havo esa ta'minot bloki ortiqcha
yuklama bilan ishlayotganligini bildiradi. Zamonaviy bloklarning ko'pi qizib
ketishdan himoyalanish tizimi bilan ta'minlangan. Quvvat elementlari harorati
100oC darajaga yetganida avtomatik tarzda o'chiriladi. Agar shunday
muammoga duch kelgan bo'lsangiz, quvvat blokini almashtirishga to'g'ri keladi.
ShK barqarorligini tekshirish uchun S&M eng oddiy dastur hisoblanadi.
Xalq orasida unga "sado maza" deb nom berdilar. S&M yordamida
protsessorni kuchli ishlatish va maksimal qizdirish mumkin bo'ladi. Agar test
sinovlari jarayonida protsessor qizib ketmasa, demak, sovutish masalasida
muammolar yo'q. Qiziqarli tomoni faqat bitta yadrosi qizishini tanlash mumkin.
Protsessor yuklamasini 100 foizdan kamga qo'yilganida ish rejimi siklik davriy
pulsatsiyaga aylanadi - protsessor va ta'minot bloki quvvat tizimini tekshirish
uchun haqiqiy "sado"ga aylanadi. "Quvvat bloki" qismi ham
juda qiziqarli. Uni tekshirish paytida dastur faqat xotira bilan protsessorni
emas, balki videokartani ham yuklaydi. Ventilyatorlar harorati, quvvati va
aylanish tezligining shaxsiy monitoringini birlashtirish ham juda foydali bo'ladi.
Universal dasturlar haqida bir necha fikr
Nosozlikni aniq ko'rsatib beruvchi "mo'jizakor dastur" hozircha
mavjud emas. Biroq bu sohada najot yo'li yo'q degani emas. Barcha testlarni
navbat bilan ishga solib kompyuter ishlashini kuzatamiz. Xotiraning o'tkazish
qobiliyatini test sinovi bilan tekshirish paytida uzilish sodir bo'lsa birinchi
navbatda aynan OZU ga e'tiborni qaratish zarurligi aniq bo'ladi. Testlardan
tashqari Sandra ShK konfiguratsiyasini yaxshiroq aniqlashga imkon beradi. Agar
yordam izlab forumlarga murojaat etishga qaror qilgan bo'lsangiz bunday optsiya
juda foydali bo'ladi- bunday holatda albatta o'z sistemangiz tarkibini batafsil
ko'rsatish va muammoning o'zini va uning namoyon bo'lishi xususiyatini iloji
boricha aniqroq ta'riflash kerak bo'ladi.
Nosozlik sababini aniqlashda ShK ovoz raporti yordam berishi mumkin. Quyida
nosozlikni "aniqlash"ga imkon beruvchi BIOS'ning ovoz kodlari mazmuni
keltirilgan.
Asosiy xatolar: 1 ta qisqa. Test jarayoni yaxshi o'tdi. 2 ta qisqa.
Operativ xotira ishlashini tekshiring. 3 ta qisqa. OZU birinchi 64 Kbaytida
xato. Operativ xotirani boshqa ShKda tekshiring yoki almashtiring. 4 ta qisqa.
Sistema taymerida xato. Bu yerda gap ona plata to'g'risida boradi - uning
sozligiga ishonch hosil qiling yoki almashtiring. 5 ta qisqa. protsessorda
xato. CPU dagi muammolardan tashqari bu yerda ona platada ham nosozliklar
bo'lishi mumkin. 6 ta qisqa. Klaviatura kontrollerida xato. PS/2 porti va
klaviaturaning o'zi sozligiga ishonch hosil qiling. 7 ta qisqa. Himoyalangan
rejimdagi xato. 8 ta qisqa. Videobuferga yozish-o'qishni tekshirishda xato.
Videokartani tekshiring. 9 ta qisqa. ROM BIOS kontrol yig'indisida xato. BIOS'a
mikrosxemasida nosozlik bo'lishi mumkin. 10 ta qisqa. CMOS o'qish-yozishini
tekshirishda xato. Ona platani tekshiring. 11 ta qisqa. Kesh-xotirasi xatosi.
Protsessorda muammolar mavjud. Uni boshqa ShK da tekshiring. Agar u yaxshi
ishlasa unda ona platada muammolar bor.
Uzluksiz qisqa signallar. Kompyuter protsessori ishlaganida qizib
ketadi va uning chastotasi BIOS vositalari bilan majburiy pasaytirilgan. Bu
yerda sifatli sovutish to'g'risida tashvishlanish kerak. Bular: 1 uzun, 1
qisqa. ona platadagi nosozlik. 1 uzun, 2 qisqa. Videokarta ishlamayapti yoki
uning kabellari uzilgan. 1 uzun, 3 qisqa. Monitor ulanmagan (kiritilgan VGA
bilan ona platalar uchun). 1 uzun, bir necha qisqa. videokarta xatosi (qisqa
signallar soni video BIOS'si versiyasiga bog'liq bo'ladi). Doimiy
takrorlanadigan uzun. OZU xotirasi fatal xatosi. Uzluksiz signal. Quvvat manbai
bloki nosozligi.
BIOS signallari. AWARD BIOS signallari. Signallar yo'q. Quvvat manbai
bloki nosoz yoki ona plataga ulanmagan. Uzluksiz signal. Quvvat manbai bloki
ishlamayapti. 1 ta qisqa. Xatolar aniqlanmadi. 2 ta qisqa. Arzimas xatolar
aniqlandi. Monitor ekranida CMOS Setup Utility dasturiga kirish va vaziyatni
tuzatish taklifi paydo bo'ladi. Qattiq disk va ona plata razyomlarida shleyflar
mustahkam ulanganligini tekshiring. 3 ta uzun - klaviatura kontrollerida xato.
Kompyuterni qayta yuklang. 1 ta uzun, 1 ta qisqa - operativ xotirada muammolar
bor. 1 uzun, 2 qisqa. Videokartada muammolar bor - eng ko'p uchraydigan
nosozlik. Platani chiqarib olish va qayta qo'yish tavsiya etiladi. Bundan
tashqari, monitor ulanishini tekshirib ko'ring. 1 uzun, 3 qisqa. Klaviaturani
initsia-lizatsiya qilishda xato yuzaga keldi. Ishonchli ulanganligini tekshirib
ko'ring. Agar hammasi joyida bo'lsa, klaviaturani almashtirib ko'ring. 1 uzun,
9 qisqa. Doimiy xotira mikrosxemasidan axborotlarni o'qishda xato yuzaga keldi.
Kompyuterni qayta yuklang yoki mikrosxemdagi ma'lumotlarni aniqlang.1 ta uzun
takrorlanadigan. Xotira modullari noto'g'ri o'rnatilgan. 1 ta qisqa
takrorlanadigan. Quvvat manbai blokida muammolar mavjud.