Главная | Регистрация | Вход | RSSShanba, 11.05.2024, 16:57

SOFT PORTAL OF UZBEKISTAN

Меню сайта
Категории раздела
Kompyuterlar uchun [16]
Mobil telefon uchun [10]
Foydali maslahatlar [13]
Sport yangiliklari [5]
Oshxona [4]
Avto Olam [3]
Bu qiziq ... [42]
She'riyat [10]
Kitoblar [8]
Shou-Biznes [0]
Ilm-Fan [3]
Kashfiyotlar [7]
Latifalar [1]
Buyuk Siymolar [21]
Ibratli hikoyalar [4]
Topishmoqlar [6]
Aforizmlar [19]
Yulduzlar biografiyasi [2]
Dasturlash tillari [6]
Eng-Eng-Eng [4]
Hayvonot dunyosi [14]
Qiziqarli masalalar [1]
Salomatlik [2]
O'simliklar dunyosi [1]
Maqollar [7]
E-Book [1]
Мини-чат
Наш опрос
Saytimizga ko'proq nimalar berib borilishini hohlaysiz ?
Barcha javoblar: 61
Статистика

Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

20:28
Shaxsiy munosabatlar madaniyati haqida
Turmush — aslida siyqa tushunchadir, bu tushunchani jonlantirib turish, uning mohiyatini shaxsiy munosabatlar madaniyati bilan ochib berish kerak.
M. M. PRISHVIN

Biz bir-birimizga e’tibor bilan munosabatda bo‘lishni o‘rganishimiz kerak, dunyoda eng ajib, eng oliy xilqat — inson ekanligini tushunmog‘imiz kerak.
M. GORKIY

Kurramizdagi eng dilbar, eng ajoyib xilqat deb hisoblangan inson bilan faxrlanishni o‘rganmagunimizcha, to o‘sha payt kelmaguncha hayotimizdagi qa-bihlik va yolg‘ondan qutula olmaymiz.
M. GORKIY

Har bir kishida yaratuvchining dono qudrati yashiringani, shuning uchun bu qudratning taraqqiy etishi, gullab-yashnashiga imkon berish lozimligini unutmagan holda bir-biringizni izzat-ikrom qiling.
    M. GORKIY

Jahonda inson uchun odamlardan ko‘ra g‘aroyibrog‘i yo‘q.
V. GUMBOLDT

Ko‘nglimda saqlagan durri nihonim — bu yaxshilarga nisbatan o‘tli munosabatimdir.
M.M.PRISHVIN

Demokratik ta’limotlardan eng birinchisi — barcha odamlar ma’naviy go‘zaldir, deya tan olishdan iboratdir.
G. CHESTERTON

Har bir kishi — butun bir kitobdir, hamma gap uni o‘qiy olishda.
U. CHENNING

Biz birinchi taassurotdan keyinoq yoki ikki-uch tashqi belgi bilanoq bir-birimiz haqimizda hukm chiqara olishimiz uchun har birimizda ko‘p murvatlaru g‘ildiraklaru va qopqoqchalar mavjud.
A. CHEXOV

Agar odamni bir qarashdayoq butun sirru asrorini bilib olsang, unga qiziqmay qolasan. Inson imkon qadar o‘zida barcha xislatlarni jamlagani holda, yana nimasi bilandir sirli tuyulmog‘i kerak.
M. GORKIY

Bir qarashdayoq kishi haqida hukm chiqarish yaramaydi. Fazilatlar odatda kamtarlik qobig‘i bilan o‘ralgan, kamchiliklar riyokorlik niqobiga yashiringan bo‘ladi.
J. LABRUYER

Kishilar haqidagi hukmimizda tasodifiy qadamlarga katta e’tibor berishdan saqlanmoq kerak. Tasodifiy ishlar bilan ojiz kishilar o‘zlariga izzat-ikromlarni qaytarmoqchi, shuhratparastlar — jamiyat ko‘z oldida o‘zlarini azizu mukarram qilib ko‘rsatmoqchi bo‘ladilar.
G. TEYLOR

Odamlar hech qachon mislsiz yaxshi yoki haddan tashqari yomon bo‘lmaydilar.
F. LAROSHFUKO

Kishi olijanobligi haqida uning ahyondagi g‘ayratiga qarab emas, balki kundalik ishlariga qarab baho berilishi kerak.
B. PASKAL

Ko‘pincha shunday bo‘ladiki, agar diqqat bilan o‘rganilsa, «yomon odamlar» yaxshi chiqib, «yaxshilar» esa yutqazib qo‘yadilar.
G. LIXTENBERG

Kishi haqida hukm chiqazishdan oldin loaqal uning fikr-asrori, uning baxtsizligi, uning hayajoniga sherik bo‘lish kerak.
BALZAK

Kishining tashqi ko‘rinishiga qarab baho berib bo‘lmaydi — ko‘rinishga qarab faqat taxmin qilish mumkin.
J. LABRUYER

Insonni bilish uchun uni sevish kerak.
L.FEYERBAX

Odamlar bilan ellashish va ularga yoqimli bo‘lish uchun aqldan ko‘ra qalb ko‘proq foyda beradi.
J. LABRUYER

Kishilarni o‘zgartirmoq uchun ularni sevish kerak. Ularga ta’sir o‘tkazish bilan ularni sevish proportsionaldir.
I. PEST ALOSSI

Kimningdir fazilatini baholamoqchi bo‘lgan odamning o‘zi ham shu fazilatga yot bo‘lmasin.
V. SHEKSPIR

Yaqinlarimiz qanchalik bizga o‘xshagan bo‘lsalar, ular shunchalik bizga xush yoqadilar; kimnidir qadrlash — bu aftidan, uni o‘ziga tenglashtirishning o‘zginasidir.
J. LABRUYER

Boshqaning insonligini his etgan taqdiringdagina inson bo‘la olasan.
A. N. RADISHCHEV

O’zi haqida hukm chiqazishni o‘rganmagan odam boshqalar haqida hukm chiqarolmaydi.
I. GYOTE

Kimki insonlikni o‘zida sinab ko‘rmagan ekan, u hech qachon odamlarni chuqur bilmaydi.
N. G. CHERNISHEVSKIY

Har bir kishi boshqalardan ajralib turadi va kundan-kunga o‘zidan ham farqlanib boradi.
A. POP

Kishiga tug‘ilgan joyiga qarab emas, uning ma’naviy qiyofasiga, qaysi yurtdanligiga qarab emas, qanday nuqtai nazar bilan yashashga jazm qilganiga qarab baho beriladi.
APULEY

Kishi qanchalik dono bo‘lsa, u shunchalik yangi-yangi odamlarni topadi. O’rtamiyona shaxslar ko‘pchilik orasida u qadar sezilmaydi.
B. PASKAL

Birovni tushunmoq uchun o‘zingni uning o‘rniga qo‘yib ko‘rmog‘ing, uning sevinchi va dardini his etmog‘ing lozim.
D. I. PISAREV

Yoningdagi kishini his qila bil, uning qalbiga kir, ko‘zlariga boqib, ichki olamini — shodligi, qayg‘usi, baxtsizligi, g‘am-alamini ko‘ra bil.
V. A. SUXOMLINSKIY

O’zga odamning daxlsizligi, nozikligi, hamiyatini ehtiyot qil, aya. Odamlarga yomonlik qilma, ranjitma, dilini og‘ritma, tashvish va notinchlikka qo‘yma.
V. A. SUXOMLINSKIY

Butun hayot davomida insonga yengiltaklik va loqaydlik bilan qarash mumkin hisoblangan biron soniya ham bo‘lmasligi kerak.
D. I. PISAREV

O’zingda ham, boshqalarda ham insoniy shaxsiyatni e’zozla.
D. I. PISAREV

Boshqalarni hurmat qilish o‘z-o‘zini hurmat qilishga olib keladi.
R. DEKART

Категория: Aforizmlar | Просмотров: 1309 | Добавил: WebmasterUz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2010  »
DuSeChorPayJuShaYak
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2024