Главная | Регистрация | Вход | RSSJuma, 10.05.2024, 19:32

SOFT PORTAL OF UZBEKISTAN

Меню сайта
Категории раздела
Kompyuterlar uchun [16]
Mobil telefon uchun [10]
Foydali maslahatlar [13]
Sport yangiliklari [5]
Oshxona [4]
Avto Olam [3]
Bu qiziq ... [42]
She'riyat [10]
Kitoblar [8]
Shou-Biznes [0]
Ilm-Fan [3]
Kashfiyotlar [7]
Latifalar [1]
Buyuk Siymolar [21]
Ibratli hikoyalar [4]
Topishmoqlar [6]
Aforizmlar [19]
Yulduzlar biografiyasi [2]
Dasturlash tillari [6]
Eng-Eng-Eng [4]
Hayvonot dunyosi [14]
Qiziqarli masalalar [1]
Salomatlik [2]
O'simliklar dunyosi [1]
Maqollar [7]
E-Book [1]
Мини-чат
Наш опрос
Saytimizga ko'proq nimalar berib borilishini hohlaysiz ?
Barcha javoblar: 61
Статистика

Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

20:16
Tabiat hodisalari haqida topishmoqlar
Ko‘k ko‘ylakka qo‘l yetmas.
(Osmon)

Ko‘k kosani to‘ntardim.
(Osmon)

Ko‘k ko‘ylakka g‘o‘za yoydim.
(Osmop, yulduzlar)

Oppoq sandiq ochildi,
Olamga nur sochildi.
(Osmon, quyosh)

Uzoq tog‘da o‘t yonar.
(Quyosh)

Suvda yotar — suv ichmas,
Yurganini odam bilmas.
(Quyosh)  
Oltin kelganda, kumush ketar,
Kumush kelganda, oltin ketar.
(Quyosh, Oy)

Bir parcha patir,
Olamga tatir.
(Oy)

Kecha tomda bir patir ko‘rdim,
Erta qarasam — yo‘q.
(Oy)

Tom ustida bir anor,
Hadding bo‘lsa, ushlab ol.
(Oy)

Onasi bitta.
Bolasi mingta.
(Oy va yulduzlar)

Kechasi uchakka jo‘xori sepdim,
Azonda qarasam yitibdi.
(Osmon, yulduzlar)

Mildir-mildir munchoq,
Erta tursam biri yo‘q.
(Osmon, yulduzlar)

Og‘a-ini ming botir,
Ko‘m-ko‘k gilamda yotir.
(Osmon, yulduzlar)

Qora uyda ming chiroq,
Uyni yoritmas.
(Osmon, yulduzlar)

Kichkinadir o‘zi,
Yiltir-yiltir ko‘zi.
(Yulduz)

Bir otasi, bir onasi,
Necha yuz ming bolasi.
(Quyosh, oy, yulduzlar)

Zar gilam, zar-zar gilam,
Ko‘taray desam, og‘ir gilam.
(Yer)

Bir palosim bor,
Hech yig‘olmayman.
(Yer)

Yedirib, yedirib, o‘zi yer.
(Yer)

Qishda yaxlamaydi,
Yozda yaxlaydi.
(Sho‘r yer)

Oyim ko‘rpa berdi, ko‘tarmadim,
Dadam pul berdi, sanamadim.
(Yer va yulduzlar)

Og‘ir gilamni qoqolmadim,
Mayda toshni terolmadim.
(Yer va yulduzlar)

Ketaveradi, ketaveradi,
Orqasiga qaramaydi.
(Suv, ariq)

O’yib oldim,
Izi yo‘q.
(Suv)

Qilich urdim,
O’rni yo‘q.
(Suv)

Uzun terak,
Soyasi yo‘q.
(Suv)

Uzun-uzun iz kelar,
Uzun bo‘yli qiz kelar,
Qoshginasi qaltirab,
Ko‘zginasi yaltirab.
(Suv, ariq)

Otasi egri-bugri,
Onasi silliq juvon,
O’g‘li qo‘shiqchi,
Qizi o‘yinchi.
(Ariq, suv, baqa, baliq)

Qozonda emas, qaynaydi,
Qishin-yozin tinmaydi.
(Buloq)

Jonon kosa, ko‘zi o‘ynar,
Sochlari jilva-jilva.
(Buloq)

Ko‘zga ko‘rinmas,
Qo‘lga tutilmas.
(Havo)

Oyog‘i yo‘q, qochadi,
Qanoti yo‘q, uchadi.
(Bulut)

Qora biyam qalt etdi,
Qovurg‘asi yalt etdi.
(Bulut, yashin)

Ship etdi,
Shivirg‘on ketdi.
(Yashin)

Uzun-uzun iz ketdi,
Uzun bo‘yli qiz ketdi.
Toqqa borib taq etdi,
Sirg‘alari yarq etdi.
(Yashin)

Yorug‘i bor,    
O’zi yo‘q,
Dovrug‘i bor,    
Ovozi bor.
(Yashin, momaqaldiroq)


Категория: Topishmoqlar | Просмотров: 2855 | Добавил: WebmasterUz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2010  »
DuSeChorPayJuShaYak
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2024