Главная | Регистрация | Вход | RSSShanba, 11.05.2024, 07:12

SOFT PORTAL OF UZBEKISTAN

Меню сайта
Категории раздела
Kompyuterlar uchun [16]
Mobil telefon uchun [10]
Foydali maslahatlar [13]
Sport yangiliklari [5]
Oshxona [4]
Avto Olam [3]
Bu qiziq ... [42]
She'riyat [10]
Kitoblar [8]
Shou-Biznes [0]
Ilm-Fan [3]
Kashfiyotlar [7]
Latifalar [1]
Buyuk Siymolar [21]
Ibratli hikoyalar [4]
Topishmoqlar [6]
Aforizmlar [19]
Yulduzlar biografiyasi [2]
Dasturlash tillari [6]
Eng-Eng-Eng [4]
Hayvonot dunyosi [14]
Qiziqarli masalalar [1]
Salomatlik [2]
O'simliklar dunyosi [1]
Maqollar [7]
E-Book [1]
Мини-чат
Наш опрос
Saytimizga baho bering !
Barcha javoblar: 65
Статистика

Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

20:14
Talabalikni eslab

Shu dargohga kelsam qo’l titrab,

Ko’ngil kuyar ko’zga kelar nam.

Oliygohga kelsam tentirab,

Bir nimalar ortiq nadir kam.

 

Zinalardan yuqori chiqib,

Derazadan termulsam pastga.

Ortga qaytar vaqt g’ildiragi,

Xotiralar uyg’onar asta.

 

Maydonchadan izlayman bu chog’,

O’chi bketgan o’sha izlarni.

Sho’xlik qursin kuzatardik goh,

Yuqoridan suluv qizlarni.


O’zgarmapti sonsiz atirgul,

To’rt tup olma o’sgan bog’imiz.

Yodga tushar tushlik o’rniga ,

Olma g’ajib yurga chog’imiz.

 

Ustozlarim bag’riga tortib,

Ahvol so’rar , choktiribdi g’am.

Termulaman  ajinlar ortib,

Siyraklabdi oppoq sochlar  ham.

 

Oyoq o’lgur tortar ko’chaga,

Ko’kragimdan kimdir surganday.

"Diplom olding,nega kelding?”-deb ,

Hamma menga qarab turganday.


G’ichirlagan eski eshiklar,

O’zgarmabdi koridorlar ham.

Qidiraman nadir ortiqcha ,

Ko’ngil to’lmas bir nimadir kam.

 

Kimdir chorlar ismimni aytib,

Men ortimga qarayman cho’chib.

Hayrlashar fakultet ma’yus,

Peshonasin suvog’I ko’chib.


Tek qotaman oftob tig’ida,

Yurgimda noaniq hislar.

Derazaning qorachig’ida,

Qo’l silkitar notanish qizlar.

 

Nima ortiq , nima kam bildim

Toshib chiqar ko’zlarimdan nam .

Pichirlayman :  "Ortiqcha o’zim!”

Xo’rsinaman: "Kursdoshlarim kam!”

Категория: She'riyat | Просмотров: 1044 | Добавил: WebmasterUz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2010  »
DuSeChorPayJuShaYak
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2024