Главная | Регистрация | Вход | RSSYakshanba, 12.05.2024, 15:25

SOFT PORTAL OF UZBEKISTAN

Меню сайта
Категории раздела
Kompyuterlar uchun [16]
Mobil telefon uchun [10]
Foydali maslahatlar [13]
Sport yangiliklari [5]
Oshxona [4]
Avto Olam [3]
Bu qiziq ... [42]
She'riyat [10]
Kitoblar [8]
Shou-Biznes [0]
Ilm-Fan [3]
Kashfiyotlar [7]
Latifalar [1]
Buyuk Siymolar [21]
Ibratli hikoyalar [4]
Topishmoqlar [6]
Aforizmlar [19]
Yulduzlar biografiyasi [2]
Dasturlash tillari [6]
Eng-Eng-Eng [4]
Hayvonot dunyosi [14]
Qiziqarli masalalar [1]
Salomatlik [2]
O'simliklar dunyosi [1]
Maqollar [7]
E-Book [1]
Мини-чат
Наш опрос
Saytimizga baho bering !
Barcha javoblar: 65
Статистика

Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

20:53
Uillyam (Bill) Geyts

Uillyam (Bill) Geyts – shaxsiy kompyuterlar uchun dasturiy ta`minot ishlab chiqaruvchi MICROSOFT korporatsiyasi sobiq rahbari va boshqaruv raisi.
Bill Geyts 1955-yilning 28-oktabrida AQSHning Sietl shahrida tavallud topgan. Uning otasi Uilyam II – advokat, onasi Meri Geyts esa Vashington Universiteti o`qituvchisi va United Way International hayriya tashkiloti raisi bo`lib ishlar edi.
Bill dastlab munitsipial maktabda, keyinchalik Lakeside school hususiy maktabida ta`lim oldi. U aynan shu yerda, 13-yoshligida dasturlashga qiziqishi ortib bordi. Kollejda o`qib yurgan chog`larida Traf-o-Date kompaniyasiga asos soldi. Kompaniyada uning sinfdoshlari mehnat qilishib, ular mahalliy hokimiyat rahbarlari uchun dasturlar yaratish bilan shug`ullanishgan.
15 yoshida Bill ko`cha harakatini boshqarish dasturini yozib, 20000 dollarni qo`lga kiritdi. 17 yoshida esa unga Bonnevil elektrostansiyasi energiyasini taqsimlashning dasturini yozish taklifi tushadi.
Oilaviy an`anaga sodiq qolgan Bill ham 1973-yilda advokat bo`lish uchun Garvard Universitetiga o`qishga kiradi. 1974-yilning dekabr oyida Geyts narxi 397 dollar bo`lgan computer quradi. Bu komputerga faqatgina dasturiy ta`minot yetishmas edi. Bill va uning do`sti Alen M.I.T.S firmasi hodimlariga Altair 8800 komputerlarini dasturlar bilan ta`minlash taklifi bilan chiqadilar. Firma bu ikki do`stga ishonch bildiradi. O`z navbatida ular ham ishonchni o`qlashadi.
Bu dastur uchun olgan mablag`lari o`z kompaniyalarini tuzishga sarmoya bo`ldi. Shundan so`ng ikki do`st Nyu-Mehikoga yo`l olishadi. Aynan bu shaharda MICROSOFT tarixi boshlanadi. 1979-yili ular Sietlga qaytishadi. Shu yilning o`zida Geyts ko`p dars qoldirganligi va darslarni o`zlashtira olmaganligi uchun universitetdan haydaladi. Bundan Bill tushkunlikka tushmaydi, chunki unga dunyodagi birinchi shahsiy kompyuter uchun operatsion tizimni yaratish taklifi tushgan edi. Geyts 50000 dollar evaziga M-DOS tizmini sotib oladi. So`ngra uning nomini MCDOS ga o`zgartirib, litsenziyani IBM ga sotadi. Qo`lga kiritilgan mablag` MICROSOFTga bir necha yil ishlash imkonini beradi. MICROSOFT dasturi bilan ta`minlangan IBM yangi kompyuterining taqdimoti tovar bozorida kata shov-shuvga sabab bo`ldi. Endilikda ko`pgina kompaniyalar litsenziya uchun MICROSOFTga murojaat etadigan bo`lishdi. 1986-yilda MICROSOFT ochiq turdagi akciyadorlik birlashmasiga aylantirildi. Shu yilning o`zida Bill Geyts milliarder bo`lishga erishdi. Bu davrda u 31 yoshga kirgan edi. Keyingi yilda MICROSOFT WINDOWSning birinchi vakilini taqdim etdi. 1995-yilda WINDOWS 95 paydo bo`ldi va ikki hafta ichida yetti million nusxada sotildi. 1995-yildan boshlab MICROSOFT korporatsiyasi asosiy e`tiborni internetga qaratdi.
Bill Geyts shuningdek hayriya ishlar bilan ham shug`ullanadi. MICROSOFT sharoiti og`ir bo`lgan talabalar stipendiyalari uchun bir milliard dollar miq`dorida pul ajratdi.
Bundan tash`ari Geyts 750000 dollarni vaksinatsiyani rivojlantirishga sarflagan.

Категория: Yulduzlar biografiyasi | Просмотров: 1460 | Добавил: WebmasterUz | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2010  »
DuSeChorPayJuShaYak
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2024