Главная | Регистрация | Вход | RSSJuma, 10.05.2024, 18:28

SOFT PORTAL OF UZBEKISTAN

Меню сайта
Категории раздела
Kompyuterlar uchun [16]
Mobil telefon uchun [10]
Foydali maslahatlar [13]
Sport yangiliklari [5]
Oshxona [4]
Avto Olam [3]
Bu qiziq ... [42]
She'riyat [10]
Kitoblar [8]
Shou-Biznes [0]
Ilm-Fan [3]
Kashfiyotlar [7]
Latifalar [1]
Buyuk Siymolar [21]
Ibratli hikoyalar [4]
Topishmoqlar [6]
Aforizmlar [19]
Yulduzlar biografiyasi [2]
Dasturlash tillari [6]
Eng-Eng-Eng [4]
Hayvonot dunyosi [14]
Qiziqarli masalalar [1]
Salomatlik [2]
O'simliklar dunyosi [1]
Maqollar [7]
E-Book [1]
Мини-чат
Наш опрос
Siz uchun qaysi biri kuchli Antivirus?
Barcha javoblar: 47
Статистика

Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

03:34
Universitetda yangi fan: Oila qurish afzalliklari
Singapur hukumati mamlakatda tug‘ilish darajasini oshirish uchun  mahalliy oliy o‘quv yurtlari talabalariga "oila qurish uchun tayyorgarlik” bo‘yicha dasturlarni taklif etmoqda. 

Xullas, endi texnikaga o‘zini bag‘ishlagan bo‘lg‘usi muhandislaru dasturlovchilar uchun ham oila qurish  san’atini o‘rganish, shu asnoda diplom uchun qo‘shimcha ballar ishlab olish imkoni paydo bo‘ldi.  Dastur bo‘yicha o‘tilayotgan darslarda sevgi, mehr-oqibatni ulug‘lovchi filmlar namoyish etiladi, mavzuga oid qo‘shiqlar o‘rganiladi.

Shuningdek, o‘quv kursi bo‘ydoqlikdan ko‘ra oilaviy hayot afzalliklarini anglatishni nazarda tutadi. Yangi "fan” bo‘yicha o‘qituvchilar Singapur ijtimoiy taraqqiyoti departamenti tomonidan safarbar etiladi. Ushbu davlat muassasasi oila, nikoh va mamlakatdagi demografik vaziyatni yaxshilash bilan shug‘ullanadi. 1984 yilda ta’sis etilgan departament sa’y-harakatlari evaziga shu payt­gacha 33 ming yangi oila tashkil  bo‘lgan.

Yaqinda departament rahbari Yufu Shun yoshlarga murojaat etib, karera qilish asnosida oilaviy hayotni unutib qo‘ymaslik lozimligini, negaki, agar nikoh orqaga surilaversa, inson oxir-oqibat bir umrga yolg‘iz bo‘lib qolishini ta’kidladi.

To‘g‘ri, birgina o‘quv kurslari natijasida mavjud demografik vaziyatni yaxshilash mushkul. Masalan, talabalardan biri Kamal Prakesh darslar o‘ti­la boshlagandan buyon qizlar bilan o‘zaro munosabatga kirishishi ancha yengillashganini, ammo u hali ham o‘z juftini topa olmaganini ta’kidlab o‘tsa-da,  yaqin o‘n besh yil ichida asosiy e’tiborini faqat ishga qaratmoqchi ekanini aytgan.

Ma’lumki, ushbu shahar-davlatda 4,5 million kishi istiqomat qiladi. Ularning 3,6 millioni singapurliklar (etnik jihatdan ularning asosiy qismi xitoylar, malayyalar va hindlardir). O‘tgan yili mamlakat hukumati aholi sonini 20 yil mobaynida 2 millionga oshirish haqidagi rejalarini e’lon qilgan edi. Bunda o‘sish sur’ati asosan xorijliklar hisobiga ta’minlanishi ko‘zda tutilgan. Hozirda Singapurda aralash millatli nikohlar va oilalar ko‘payib bormoqda. Bosh vazir Li Kuan Yuning fikricha, bu kelajakning bir qismi, jarayonni to‘xtatib bo‘lmaydi, uni to‘xtatishning keragi ham yo‘q.

Umuman olganda, Singapur London va Nyu-Yorkdagi jo‘shqin hayotga havas bilan boqadi. Bunga butun dunyodan iste’dodli va uddaburon tadbirkorlarning jalb etilayotgani hamda qabul qilinayotganini sabab deb biladi va Singapur ham aynan shu yo‘ldan borishi kerak, deya hisoblanadi.

Категория: Bu qiziq ... | Просмотров: 1248 | Добавил: WebmasterUz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Noyabr 2011  »
DuSeChorPayJuShaYak
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Архив записей
Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2024