Главная | Регистрация | Вход | RSSDushanba, 13.05.2024, 12:58

SOFT PORTAL OF UZBEKISTAN

Меню сайта
Категории раздела
Kompyuterlar uchun [16]
Mobil telefon uchun [10]
Foydali maslahatlar [13]
Sport yangiliklari [5]
Oshxona [4]
Avto Olam [3]
Bu qiziq ... [42]
She'riyat [10]
Kitoblar [8]
Shou-Biznes [0]
Ilm-Fan [3]
Kashfiyotlar [7]
Latifalar [1]
Buyuk Siymolar [21]
Ibratli hikoyalar [4]
Topishmoqlar [6]
Aforizmlar [19]
Yulduzlar biografiyasi [2]
Dasturlash tillari [6]
Eng-Eng-Eng [4]
Hayvonot dunyosi [14]
Qiziqarli masalalar [1]
Salomatlik [2]
O'simliklar dunyosi [1]
Maqollar [7]
E-Book [1]
Мини-чат
Наш опрос
Saytimizga baho bering !
Barcha javoblar: 65
Статистика

Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

14:18
Zaxiriddin Muhammad Bobur

Bobur dunyoni hayratga solgan yirik davlat va madaniyat arbobi, mohir sarkarda, donishmand tarixchi, zakovatli olim va tarjimondir. Ayni paytda u adabiyotimizning Navoiydan keying! zabardast vakili hisoblanadi.

Hayot yoTi, Bobur 1483- yili Farg'ona viloyatining poytaxti Andfjonda tug'ilgan. Otasi ushbu viloyat hokimi Umarshayx Mirzo Amir Temurga to'rtinchi avlod ~ evara edi. Onasi Qutlug' Nigorxonimning otasi Yunusxon esa o’n ikki avlod bilan Chingizxonga ulanardi. Ko'rinadiki, Bobur insoniyat tarixidagi ikki buyuk sulola tutashgan nuqtada dunyoga kelgan jahonning eng mashxur shaxslaridan biridir. Murakkab va ziddiyatli hayoti o'spirinlikdan to umrining oxirigacha jang-u jadallar, sarson-sargashtalik, zafar va mag'lubiyat, ijod-u bunyodkorlik og'ushida kechdi.

1494- yilda Umarshayx Mirzoga qarshi uning o’z akasi - Samarqand hokimi Sulton Ahmad Mirzo hamda qaynog'asi Toshkent hokimi Mahmudxon o’zaro til biriktirgan holda qo'shin tortib, Farg'onaga yurish qiladilar. Nihoyatda qaltis vaziyat vujudga keladi. Buning ustiga kutilmagan falokat yuz beradi: Andijonning g'arb tomonidagi jar yoqasida bino bo'lgan Axsi qo'rg'onida turgan Umarshayx Mirzo kabutarxonasi bilan jarga qulab, halok bo'ladi. Umarshayxdan uch o'g'il va besh qiz qolgandi. O'g'illarining kattasi - 12 yoshga qadam qo'ygan Bobur taomil bo'yicha taxtga o'tiradi. Yaratganning ko'magi bilan u taxtni saqlab qoladi. O'ratepa, Xo'jand va Marg'ilonni qo'lga olib Quvaga kirgan Sulton Ahmad qo'shini shaharni kesib o'tuvchi Qorasuv ko'prigida toshqinga uchrab, tuya va otlari botqoq suvga cho'kib, ko’pi nobud bo'ladi. Ustiga-ustak olat tarqaladi. Qo'shin vahimaga tushadi. Sulton Ahmad sulh tuzib ortga qaytadi va yo'lda vafot etadi. Sulton Mahmud ham Axsini bi muddat qamal qilib ololmay, ketishga majbur bo'ladi. Sharoitdan foydalanib qolmoqchi boigan Koshg'ar va Xo'tan hokimi Abobakr Do'giatning ham O'zgand yaqinidagi harakatlariga chek qo'yiladi. "Boburnomaning aynan shu voqealarga ishora qilib "Tengri taoloning inoyati..." so'zlari bilan boshlanishi bejiz emasdi. Bobur 1497- yili 15 yoshida sohibqiron Amir Temur poytaxt qilgan Samarqand shahrini egallaydi. Lekin moddiy tanqislik, qaltis siyosiy vaziyat tufayli bu shahri azimni tashlab chiqishga majbur boiadi. Andijonda xiyonat yuz bergandi. Bobur ishongan beklar taxtga ukasi Jahongir mirzoni o’tqizmoqchi bo’ladilar. Ikki yil sargardonlikdan so'ng katta mashaqqatlar bilan Andijon qaytarib olinadi. 1500- yilda Bobur Samarqandni jangsiz osonlik bilan qo’lga kiritadi. Lekin Shayboniyxon yaqinlashib kelayotganligi uchun kuch to'plash maqsadida Shahrisabzga jo'naydi. Shunda Shayboniyxon Sulion Ali mirzoning onasi Zuhrabegimni unga uylanish va'dasi bilan aldab, shaharni egallaydi. 1501- yili Bobur 240 nafar navkari bilan yetti mingga yaq-in qo'shini boigan tajribali shoh Shayboniydan Samarqandni tortib olishga muvaffaq boiadi. Ko'p o'tmay Shayboniyxon shaharni qamal qildi va u uzoq davom etdi. Bir tomondan shahar ichidagi ochlik, ikkinchi tomondan qarindoshlari boimish boshqa temuriylardan madad kelmagani yosh hukmdorni ogir bo’lsa-da bir qarorga kelishga undadi. U yana Samarqandni tashlab ketishga, nafaqat Samarqandni, jondan aziz Vatanini ham butunlay tark etishga majbur boidi. Ikki yilga yaqin sarson-sargardonlikdan so'ng 1503- yilda Kobulga yoi oladi. Kobul va G'aznani jangsiz egallaydi va o'zini I shoh deb e'lon qiladi. 1507- yildan Hindistonni zabt etish harakatiga tushgan Bobur 1526- yili o4z maqsadiga yetadi. Shu yilning 21- aprelida Panipat jangida Boburning 12 minglik qo'shini hind sultoni Ibrohim Lo'diyning 100 ming kishilik askari bilan to'qnashadi. Ajdodlaridan meros jang sirlari, yillar davomida to'plagan tajribasi hamda taqdirning bergan achchiq saboqlari qo'l keldi. Bobur hind yerida Ovrupada keyinchal k "Buyuk mo'g'ul imperiyasi" deb atalgan ulkan saltanatga asos soldi. Bobur va boburiylarning hukmdorligi Hindiston tarixida juda katta ijobiy ahamiyat kasb etdi.

Bobur Hindistondagi din-mazhab janjallarini oldini olishga, mamlakatda osoyishtalik qaror toptirishga urindi. Adolatli qonunlar chiqardi, g'ayridinlik soligi (juz'ya)ni bekor qildi, o’lgan erning tirik xotinini murda bilan birga yoqishni ta'qiqladi. Mamlakatda obodonchilik ishlarini yolga qo’ydi. Kanallar qazdirdi, binolar qurdirdi. Atrofiga olim-u fozillarni to'pladi. Shuningdek, hind yerida hali hech bolmagan boglar bino qildi. Movarounnahrning shirin-sharbat mevalarini ekdirdi. Lekin jang-u jadallar, saltanat tashvishlari, ayniqsa, Vatan soginchi nozik qalb egasi bo’lgan shoirning sogligiga salbiy ta'sir qildi.

Begona bir yurtni zabt etish hech qachon oson kechmagan. 1526- yil-ning 21- dekabrida Bobur dushmanlari tomonidan zaharlanib, tasodif tufayli omon qoladi. Bu ahvol yigirma besh-yigirma olti kun davom etadi. Bobur 1530- yilning 26- dekabrida Agrada vafot etadi. Keyin uning xoki, vasiyatiga muvofiq, Kobulga ko'chiriladi.

Ijodiy merosi. Bobur xalqimizning har jihatdan yetuk, g'oyat iste'dodli farzandi edi. U o'ta notinch, sargardonlikda kechgan umrini zo4r salohiyati tufayli jozibali qila oldi. Uning hayoti faqat janglar bilangina emas, ilhomiy onlar bilan ham to’la edi. U yigirma yoshida yangi bir yozuv "Xatti Boburiy"ni kashf qildi. Umr bo'yi ajoyib she'rlar yozdi, devon tartib qildi. Musiqa bilan shug'ullanib, "Chorgoh" maqomiga "savt"lar bitdi. 1521-yilda she'riy yo'lda soliq ishlarini tartibga soluvchi "Mubayyin al-zakot" ("Zakot bayoni") asarini yozdi. 1523-1525-yillarda aruz vazni haqida "Muxtasar" nomli risola bitdi. Boburning "Harb ishi", "Musiqa ilmi" nomli asarlari hozirgacha topilgan emas. U tarjima bilan shug'ullandi. Xo'ja Ahrorning "Volidiya" asarini she'riy yo'l bilan o'zbekchaga o'giradi.

Muallifning "Boburnoma" asari nafaqat o'zbek adabiyoti, balki jahon adabiyotining nodir namunasi sanaladi. Bu memuar (esdalik) asarida Bobur o'n ikki yoshida taxtga chiqishidan boshlab umrining oxirigacha boshidan o'tkazganlarini, ko'rgan-kechirganlari, guvohi bo'lgan voqealarni siyosatchi, davlat arbobi, olim, sayyoh va shoir nigohi bilan tahlil etadi. Shuning uchun bu asar tarix, etnografiya, geografiya, tilshunoslik, adabiyotshunoslik va boshqa fanlar uchun birday manba boMa oladi. "Boburnoma"ning o'zbek nasri taraqqiyotidagi o'rni beqiyosdir.

Категория: Buyuk Siymolar | Просмотров: 2271 | Добавил: WebmasterUz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  May 2011  »
DuSeChorPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2024