Главная | Регистрация | Вход | RSSDushanba, 13.05.2024, 13:45

SOFT PORTAL OF UZBEKISTAN

Меню сайта
Категории раздела
Kompyuterlar uchun [16]
Mobil telefon uchun [10]
Foydali maslahatlar [13]
Sport yangiliklari [5]
Oshxona [4]
Avto Olam [3]
Bu qiziq ... [42]
She'riyat [10]
Kitoblar [8]
Shou-Biznes [0]
Ilm-Fan [3]
Kashfiyotlar [7]
Latifalar [1]
Buyuk Siymolar [21]
Ibratli hikoyalar [4]
Topishmoqlar [6]
Aforizmlar [19]
Yulduzlar biografiyasi [2]
Dasturlash tillari [6]
Eng-Eng-Eng [4]
Hayvonot dunyosi [14]
Qiziqarli masalalar [1]
Salomatlik [2]
O'simliklar dunyosi [1]
Maqollar [7]
E-Book [1]
Мини-чат
Наш опрос
Saytimizga ko'proq nimalar berib borilishini hohlaysiz ?
Barcha javoblar: 61
Статистика

Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

14:25
Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat

Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat o'zining lirik she'riyati bilan adabiyotimiz xazinasini boyitgan, ma'rifatchilik adabiyotining darg'alaridan biri bo'lgan hamda o'zbek publitsistikasiga tamal toshlarini qo'ygan zabardast ijodkordir. Shoir 1859- yilda Qo'qonda savdogar oilasida tug'ilgan. Otasi Mulla Xolmuhammad she'riyatga oshno, badiiy ijodga moyil ki-shi edi. Boklajak shoir dastlabki ta'limni mahallasidagi maktabda oladi. Bir yilga yetmay "Haftiyak" va "Chor kitob"ni o'qib tugatadi. Sakkiz yoshida Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» dostonini yod oladi, sal o'tib, Navoiy mutolaasiga tutinadi. Kichik yoshidan qalam tutib, she'r mashq qila boshlaydi. Keyinchalik o'zining eslashicha, husnixat ta'limini bolaligidanoq puxta egallagan Zokirjon quyidagi baytni to'qqiz yoshida yozgan ekan: «Mening maktab aro buldur murodim, Xatimdek chiqsa imlo-yu savodim».

Favqulodda iste'dod egasi, tabiatan tirishqoq va izlanuvchan Zokirjon o'n toLrt yoshida madrasa talabasi bo'ladi. Ruslar istilosi tufayli Qo'qon xonligi tugatilib, madrasalar yopiladi. O'qishi nihoyasiga yetmay qolgan bo'lajak shoir 1879- yilda Yangi Margilon (hozirgi Farg'ona)ga do'kondor tog'asi huzuriga boradi. Uning qoMida bir muddat ishlab, so'ng o'zining mustaqil dokkonini ochadi. Shu bilan birga shaxsiy muallimdan dars olib, bilimini takomilga yetkazadi va tez orada o'zi ham boshqalarga dars bera boshlaydi. Husnixat sohibi boMganligi uchun mirzalik, xattotlik ham qiladi. Lekin eng sevim-li mashg'uloti badiiy ijod edi. Mutaxassislar fikricha, Yangi MargMlonda ekanligidayoq yozgan sheVlarida u "Furqat'' taxallusini qo'ygan.

1880- yilda otasining qistovi bilan Qo'qonga qaytadi va butun iste'dodi, bor  kuchini   ijodga  yo'naltiradi.   She'rlari   adabiyot   ixlosmandlari   orasida shuhrat qozonadi. Muqimiydek zabardast shoir uning g'azallariga muxammas bog'lagani Furqatning ijod ahli orasida ham e'tirof topganligidan darak beradi. Furqat shu davrda "Hammomi xayol" nomli risola yozadi, "Chor darvesh", "Nuh manzar" asarlarini fors tilidan o'zbek tiliga o'giradi. She'rlarini to'plab, devon tuzadi. Furqat kabi ijodining dastlabki davrida - 21- 22 yoshida devon tartib bergan shoirni o'zbek kitobxoni ko'rgan emas edi.

Furqat 1890 - 1891- yillarda Toshkentda yashaydi. Bu yerda u Toshkent erlar gimnaziyasi direktori, "Turkiston viloyatining gazeti" muharriri Nikolay Ostroumov bilan tanishadi. Bu tanishuvdan so'ng Furqat shu gazetaga tarjimon bo’lib ishga kiradi va shundan uning jurnalistlik, publitsistlik faoliyati ham boshlanadi, deyish mumkin.

1891- yilning sentabrida Furqat Samarqandga yo'l oladi. Xat orqali tanishgan do'sti savdogar va etnograf olim Mirzo Buxoriy huzurida bo'ladi. Iyul oyida Buxoroga borib, Kogondan poyezdga o'tirib, Marv, Ashxabod, Boku, Botum orqali Istambulga keladi. Bu yerda bir muddat yashagan shoir butun vujudi bilan ijodga berilgandi. 1892- yilda Iskandariya, Misr, Shorn, Makka va Madina bo'ylab sayohatda bo'lgan Furqat sentabr oyida Hindistonning Bombay shahrida edi. 1893- yilning bahorida Kashmir, Tibet va Xo'tan orqali Yorkentga keladi va umrining oxirigacha shu yerda yashab qoladi.

Furqat Qashqardagi Rusiya musulmon idorasida kotib bo'lib ishlaydi. Ilmi nujum, tabobat bilan shug'ullanadi. Ra'no ismli ayolga uylanib, farzandlar ko'radi. U to 1906- yilgacha Turkiston bilan, 'Turkiston viloyatining gazeti" bilan aloqani uzmaydi.

Furqat 1909- yilning kuzida vatandan yiroqda vafot etadi.

Категория: Buyuk Siymolar | Просмотров: 3155 | Добавил: WebmasterUz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  May 2011  »
DuSeChorPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2024