Главная | Регистрация | Вход | RSSDushanba, 13.05.2024, 00:31

SOFT PORTAL OF UZBEKISTAN

Меню сайта
Категории раздела
Kompyuterlar uchun [16]
Mobil telefon uchun [10]
Foydali maslahatlar [13]
Sport yangiliklari [5]
Oshxona [4]
Avto Olam [3]
Bu qiziq ... [42]
She'riyat [10]
Kitoblar [8]
Shou-Biznes [0]
Ilm-Fan [3]
Kashfiyotlar [7]
Latifalar [1]
Buyuk Siymolar [21]
Ibratli hikoyalar [4]
Topishmoqlar [6]
Aforizmlar [19]
Yulduzlar biografiyasi [2]
Dasturlash tillari [6]
Eng-Eng-Eng [4]
Hayvonot dunyosi [14]
Qiziqarli masalalar [1]
Salomatlik [2]
O'simliklar dunyosi [1]
Maqollar [7]
E-Book [1]
Мини-чат
Наш опрос
Saytimizga ko'proq nimalar berib borilishini hohlaysiz ?
Barcha javoblar: 61
Статистика

Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

14:09
Zulfiya

Taniqli o'zbek shoirasi Zulfiya 1915- yilning 1-tnartida Toshkent shahrida Isroil temirchi oilasida tug'ildi. 1922-yildan 1931-yilgacha maktabda, so'ng 1931 - 1934-yillar orasida qizlar bilim yurtida tahsil oldi. Mehnat faoliyatini juda erta boshlagan shoira deyarii bir umr jumafistika va nashriyot sohasida ishladi. U 1935 - 1938- yillarda Til va adabiyot instituti aspiranti, 1938 - 1948-yillar mobaynida Bolalar nashriyoti muharriri, Ozbekiston davlat nashriyoti bo'lim mudiri, 1953- yilgacha «Saodat» jurnalida bo'lim mudiri, 1953- yildan to 1980-yilga qadar, salkam o'ttiz yil davomida, shu iurnalning Bosh muharriri lavozimida ishlab keidi. Mashhur o'zbek shoiri Hamid Olimjonning turmush o'rtog'i, o'ziga xos she'riyati biian minglab kitobxonlar qalbini rom etgan talantli shoira Zulfiya 1997-yilning  1-avgustida vafot etdi.

Shoira badiiy ijodga juda erta kirishdi. O'n yetti yoshida «Hayot varaqalari» deb atalmish dastlabki she'riy kitobini chop ettirdi. Uzoq ijodiy umri davomida o'ttizga yaqin she'riy to'plamlar, o'ndan ortiq dostonlar yaratdi. Shoira hammani o'ylatadigan, barcha kishilarga Jaxldor bo'lgan holatlarni she'rga soladi. Shuning uchun ham yozganlari ko'pchilikka manzur bo'ladi. Zulfiyaning ulkan iste'dodi faqat yurtimizdagina emas balki dunyo miqyosida ham e'tirof etilgan.  U  - xalqaro «Nilufar» mukofoti egasi.

Shoira sherlarining el aro mashhurligi tasodifiy emas. U bolaligidan olamga hayrat ko'zi bilan qarovchi, uning boshqalar ko'rolmaydigan jihatlarini ilg'ovchi qizaloq ekanligi bilan ajralib turardi.  Buning ustiga, oilasidagi muhit ham yosh Zulfiyada badiiy ijodga ishtiyoqni alangalatardi. Shoira bolaligini shunday eslaydi: «Otamni... Isroil degrez der edilar. Otam zahmatkash temirchi edi. Otamning hamma vaqt olovga yo'ldosh kasbidan faqat zavq ko'rar edim. Otamday qudratli odam yo'q edi men uchun. Temirlar otam qo'lida chaqmoqlar taratishiga boqib, hayratda qolar edim. Uning qo'llari cho'g'ga aylangan temir parchasini istagan shaklga solib, inson uchun kerakli narsaga aylantirishga qodir edi. Men hali-hanuz otamday boMishni orzu qilaman, ammo na iloj, inson qalbiga kira bilish temirga ishlov berishdan mashaqqatliroq, yurakni chaqmoq kabi alanga oldirish har kimga ham muyassar bo'lavermas ekan...

Mening onam o'zining ta'bincha, «usti butun - ichi tutun» ayollardan edi. U hamma vaqt kamgap, xayolchan edi, lekin fikrlari, o'ylari mudroq emasligini, unga mutelik, zaiflik yot ekan-ligini bilar edim. Ruhidagi ma'yuslik, ovozidagi hazinlik faqat uning xarakteriga xos bir sifatgina edi,  xolos.

Onamning qancha-qancha qo'shiq va afsonalarni, doston va er-taklarni bilisjiiga aqlim bovar qilmasdi. Bu sehrli afsona va ertaklar bizga benihoya huzur bag'ishlar, o'ziga rom qilib olar, har safar yangi jilva kasb etardi. Aminmanki, mo'jizalar yaratishga qodir, jahonni ko'zga keng ochuvchi, insonni go'zallik sari yetaklovchi so'zga shaydolik hissini mening qalbimda ostona hatlab ko'chaga chiqmagan  oddiy ayol  -  onam  uyg'otgan...»

Zulfiya she'riyati ana shunday pokiza buloqlardan suv ichgan ijoddir. Ayni shu sababdan uning tinchlik haqidagi, inson ruhiya-tini g'ajib tashlay oladigan hijron to'g'risidagi, tabiatning ajib bir holati borasidagi she'rlari hech kimni befarq qoldirmaydi. Shu bois shoiraning barcha ayollarga, barcha onaiarga, barcha ma'shuqalarga xos, tushunarli, anglanarli bo'lgan she'riyati aslo eskirmaydi. Uning asarlarida halol inson tuyg'ularining porloq yulduzi charaqlab turadi.

Категория: Buyuk Siymolar | Просмотров: 2101 | Добавил: WebmasterUz | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  May 2011  »
DuSeChorPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2024