Главная | Регистрация | Вход | RSSDushanba, 20.05.2024, 22:14

SOFT PORTAL OF UZBEKISTAN

Меню сайта
Категории раздела
Kompyuterlar uchun [16]
Mobil telefon uchun [10]
Foydali maslahatlar [13]
Sport yangiliklari [5]
Oshxona [4]
Avto Olam [3]
Bu qiziq ... [42]
She'riyat [10]
Kitoblar [8]
Shou-Biznes [0]
Ilm-Fan [3]
Kashfiyotlar [7]
Latifalar [1]
Buyuk Siymolar [21]
Ibratli hikoyalar [4]
Topishmoqlar [6]
Aforizmlar [19]
Yulduzlar biografiyasi [2]
Dasturlash tillari [6]
Eng-Eng-Eng [4]
Hayvonot dunyosi [14]
Qiziqarli masalalar [1]
Salomatlik [2]
O'simliklar dunyosi [1]
Maqollar [7]
E-Book [1]
Мини-чат
Наш опрос
Saytimizga ko'proq nimalar berib borilishini hohlaysiz ?
Barcha javoblar: 61
Статистика

Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

14:01
Abdulla Qahhor
O'zbek adabiyoti taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan Abdulla Qahhor 1907-yil 17-sentabrda Qo'qonda temirchi oilasida dunyoga keldi. Otasi Abduqahhor temirchi tirikchilik o'tkazish uchun Qo'qon atrofldagi Buvayda, Yaypan, Oqqo'rg'on, Qudash, Olqor qishloqlarining biridan ikkinchisiga ko'chib yurar, oila biror qishloqda uzoqroq qo'nim topmasdi. Bu ta'sirchan, xayolparast va tortinchoq Abdullaga yomon ta'sir qilardi. U borgan joydagi bolalarga qo'shila olmasdi. Bo'lajak yozuvchi dastlabki ma'lumotni Buvaydadagi eski maktabda oldi. So'ng Oqqo'rg'on qishlog'idagi jadid maktabida tahsil ko'rdi. Sal keyinroq Qo'qondagi yotoqmaktab(internat)da o'qidi. 1922— 24- yillarda Qo'qonda ochilgan o'qituvchilar tayyorlaydigan texnikumda tahsil ko'rdi.Abdulla Qahhor 1925-yili Toshkentga kelib, kechasi o'qib, kunduzlari «Qizil Olzbekiston» gazetasida ishladi. 1926-yilda SAGUning tayyorlov fakultetini bitirgan A. Qahhor 1930-yilda O'rta Osiyo Davlat universitetining pedagogika fakultetini tugatdi.Abdulla Qahhorning ijodi 1924-yiIdan boshlangan. Dastlab «Mushtum» jurnalida, «Yangi Farg'ona» va «Qizil O'zbekiston* gazetalarida uning hikoya, felyeton va xabarlari bosildi. Yozuvchining «Qishloq hukm ostida» nomli qissasi 1932-yilda chop qilindi. 1935, 1938, 1939-yilIarda adibning uchta «Hikoyalari to'plami kitobxonlar qo'liga tegdi. Abdulla Qahhorga katta shuhrat keltirgan «Sarob» romani 1934- yilda yozildi.  Ikkinchi Jahon urushi yillarida yozuvchining bir qancha felyeton, qissa va hikoyalari e'lon qilindi. «Asror bobo», «Dardaqdan chiqqan qahramon», «Kampirlar sim qoqdi», «Xotinlar» hikoyalari va «01tin yulduz» kabi qissalarida o'zbek jangchilarining mardligi,   xalqimizning   mehnatdagi   jonbozligi   mahorat   bilan ifodalangan.Yozuvchi urushdan keyingi yillarda «Qo'shchinor chiroqlari» (1951) romani, «Shohi so4zana» (1951), «Og'riq tishlar» (1954), «Tobutdan tovush» (1962), «Ayajonlarim» (1967) komediyalari bilan o'zbek adabiyoti rivojiga salmoqli hissa qo'shdi. Adibning «Sinchalak» (1958), «Muhabbat» (1968), «0'tmishdan ertaklar» (1965) qissalari o'zbek nasri taraqqiyotiga muhim hissa bo'lib qo'shildi.O'zbek kitobxonlari M. Gorkiyning «Mening dorilfununlarim» (1935), F. Gladkovning «Ok>vli ot» (1933), L. Tolstoyning «Urush va tinchlik» romanining 1— 2- kitoblarini va boshqa bir qator asarlarni Abdulla Qahhor tarjimasida olz ona tillarida o'qishga muvaffaq bo’ldilar.Adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun A. Qahhorga «O'zbekiston xalq yozuvchisi»  unvoni berildi.  U   1968-yilning 25-mayida vafot etdi.
Категория: Buyuk Siymolar | Просмотров: 1642 | Добавил: WebmasterUz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  May 2011  »
DuSeChorPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2024