1894-yil 10-aprelida Toshkent shahrida bog'bon oilasida dunyoga
kelgan Abdulla Qodiriy o'z davrining maktab va madrasalarida o'qiganligi, ilmga
chanqoqligi va ulkan iste'dodi tufayli zamonasining eng bilimdon kishilaridan
biriga aylandi.
Oiladagi yo'qchilik tufayli mahalladagi maktabga
kechikibroq borgan Abdulla ikki-uch yil ichida tuzukkina savodxon boidi. Lekin
muhtojlik o'z ishini qildi: o'n ikki yashar o'smirni bir boyga yugurdaklikka
berishga majbur bo'ldilar. Tijoratchilik tufayli ruslar bilan ham savdo
aloqalari qiladigan bu boy rus tilini biladigan, shu tilda ish yurita oladigan
xizmatchiga muhtoj edi. Shu sabab zehnli va tirishqoq Abdullani u rus-tuzem
maktabiga berdi.
1912- yilda muvaffaqiyatli tugallangan rus-tuzem
maktabi bo’lajak adib estetik qarashlari va ijodiy qiyofasi shakllanishida
muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Negaki, Abdulla bu yerda rus tili va u orqali
dunyo adabiyotini o'rganish imkoniyatiga ega bo'lgandi.
Ikki yildan oshiqroq vaqt mobaynida oilaga yordam
berish uchun tirik chilik yoiida urinib yurgan bo'Iajak yozuvchf 1914- yilda
Abulqosim mad-rasasiga o'qishga kirdi. Madrasada u shariat ilmi, islom
falsafasi, arab va fors tillarini o'rgandi. Bu hoi kokp o'qiydigan, Kunchiqish
adabiyoti bilan chuqur tanish bo'lgan Abdullaga islomiy-turkiy estetikaning
nazariy asoslarini ham egallash imkonini berdi. Xullas, Abdulla Qodiriy 1917-
yillarda ham dun-yoviy, ham diniy bilimlarni puxta egallagan, olam hodisalarini
teran idrok etadigan ziyoli sifatida shakllangan edi.
Bo'lajak yozuvchi rus-tuzem maktabini tugatib,
tirikchilik ko'yida yurgan kezlarida Rasulmuhammad otliq savdogar boy qo'Iida
ishboshqaruvchilik qildi. Savdogar insofli, ochiq fikrli, oydin kishilarni
hurmatlaydigan boylardan edi. Abdulla uning do'konlarida ishlab yurib,
zamonasining bir qator ilg'or fikrli kishilari bilan tanishdi, suhbatlar qurdi.
1914- yilda boyning Rahbaroy ismli qiziga uylanib, Nafiza, Habibulla, Adiba,
Anisa, Ma'sud kabi farzandlar ko'rdi.
Qodiriyning ijodiy faoliyati ham shu yillarda
boshlandi. "Shu miyo-nalarda bozor vositasi bilan tatarlarda chiqadirg'on
gazetalarni o'qib, dunyoda gazeta degan gap borlig'iga imon keltirdim. 1913-
yilda o'zbekcha "Sadoyi Turkiston", "Samarqand", "Oina"
gazetalari chiqa boshlag'och, menda shu-larga gap yozib yurish fikri
uyg'ondi", - deb yozadi adib keyinchalik. "Sadoyi Turkiston"
gazetasining 1914- yil 1- aprel sonida Abdulla Qodiriy deb imzo chekilgan
"Yangi masjid va maktab" sarlavhali xabar bosilgan. Qodiriy
yozuv-chilik faoliyatiga birinchi qadamni shu tarzda qo'ygan. Oradan kolp
o'tmay, "Millatimga", "Ahvolimiz" she’rlari, "Baxtsiz
kuyov" dramasi, "Juvonboz" hikoyasi chiqdi. Jadidchilik
g'oyalari bilan sug'orilib, jamiyat a'zolarini ma'rifatli, o'qimishli va ilg'or
fikrli qilishga qaratilgan bu asarlar badiiy jihat-dan puxta bo'lmasa-da,
zamoni uchun dolzarb edi. Yosh yozuvchi bu asarla-rida davrning muhim
masalalarini ko'taradi, millatning ahvoiini yaxshilashni astoydil istashini
ko'rsatadi. Lekin niyat bilan badiiy ifodaning orasida hali ancha masofa bor
edi. Qodiriy ilk asarlarida fikrlarini ochiq aytish, g'oyani yalang'och
ifodalash yo'lidan bordi.
Millat baxti uchun kuyib-yongan Qodiriy Oktabr
o'zgarishlaridan keyin qator sho'ro idoralarida xizmat qildi. Jumladan, 1918-
yilda Eski shahar oziq komiteti sarkotibi etib tayinlandi. Jurnalistlika bilan
faol shug'ullandi. Bu hoi unga yangi hayotni ichdan bilish, uning og'riqli,
sog'lom aqlga to'g'ri kel-maydigan, xalqimiz manfaatlariga zid keladigan
jihatlarini bevosita ko'rish imkonini berdi.
Har qanday ishda boMgani singari asarlarini yozishga
ham g'oyat puxta tayyorgarlik ko'radigan yozuvchi 1917 - 1918- yillardan
boshlab asosiy asari bo'Imish "O'tkan kunlar" romani uchun material
yig'ishga kirishdi. U xalqning hayoti, ahvoli-ruhiyasini yirik badiiy asarda
tasvirlash zaruriyatini his etardi. O’zbekning qanday xalq ekanligini ko'rsatib
beradigan katta hajmli asarga ul- kan ehtiyoj borligini sezardi. Adib romanni
1919- yildan yoza boshladi. 1922-yilda birinchi o'zbek romanining dastlabki
boblari "Inqilob" jurnalida chop etildi. 1925- yilda romanning
boiimlari alohida-alohida uch kitob tarzida, 1926- yilda esa "O'tkan
kunlar" yaxlit asar sifatida bosilib chiqdi. 1928- yilda adibning
ikkinchi romani "Mehrobdan chayon" nashr etildi. 1934- yilda
kolxozlashtirish tufayli o'zbeklar hayotida ro'y bergan o'zgarishlarni aks
etti-radigan "Obid ketmon" qissasini yozdi. Bulardan tashqari, adib
necha o'nlab publitsistik maqolalar, badiiy saviyasi baland hikoyalar ham
yaratdi. Qodiriy "Amir Umarxonning kanizagi", "Namoz
o'g'ri", "Dahshat" singari roman-lar yozmoqchi bolib,
materiallar to'plagani haqida ma'lumotlar bor. Ammo qonsiragan sho'rolar tuzumi
adibning bu rejalari amalga oshuviga qoy'madi.
Haq gapni hayiqmay aytadigan, millatiga o'zini tanitayotgan,
uning g'ururini uyg'otayotgan yozuvchi o'lkamizni egallab olgan bosqinchilar va
ularning mahalliy yugurdaklariga yoqmasligi tayin edi. Shu bois qisqagina umri
mobaynida A. Qodiriyga bir necha bor chovut solishdi. 1926- yildayoq
"Mushtum" jurnalining uchinchi sonida bosilgan "Yig'indi
gaplar" maqolasi uchun adib ...aksil inqilobiy maqsadda sho'ro
rahbarlarini matbuot orqali obro'sizlantirdi" degan ayb bilan qamoqqa
olindi. Qodiriy o'ziga qo'yilayotgan ayblar asossiz va uydirma ekanligini,
maqolasida xolis tanqid va samimiy hazil qilganligini kuchli mantiq bilan
isbotladi. Qamoqdagi adolatsizlikka qarshi ochlik e'lon qildi. Uzoq cho'zilgan
tergovda ham, sud jarayonida ham pastkash soxta guvohlarni, hukmron siyosatga
til tekkizganligi bilan cho'chitmoqchi boigan yuzsiz kimsalarni ayamay fosh
etdi. O'z qarashlaridan qaytmay, ijod-korlik va insonlik sha'nini mardona
himoya qildi. Uning: "Men to'g'rilik orqa-sida bosh ketsa, "ih"
deydirgan yigit emasman",— degan gapi adib shaxsiyatiga xos xususiyatlarni
toliq aks ettiradi. Respublika Oliy sudi yetarli asos bo'Imasa ham Abdulla
Qodiriyni ikki yil ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqar-di. Lekin
dalillarning uydirmaligi ko'rinib turgani uchun ham o'zbekning cng mashhur
adibini qamoqqa tiqishga jur'at etishmadi. Bu sud orqali sho'rolar yozuvchini
o'ziga xos yo'sinda "ogohlantirdi". Lekin adib bu ogohlantirishdan
"to'g'ri" xulosa chiqarmadi, ya'ni haqiqatga xiyonat qilmadi.
O'z asarlari bilan nafaqat O'zbekiston, balki butun
Turkiston xalqlari ma'naviyati ravnaqiga hissa qo'shgan adibni 1937-yilning
31-dekabrida yangi yil kechasi ikkinchi bor olib ketishdi. Bu davrda Stalin
boshqarib turgan qatag'on mashinasi shitob bilan ishlar va uning yaxshi yurmogi
uchun yangidan-yangi qurbonlar zarur edi. Adolatning ko'chasidan ham o'tmagan
hukumatning uch-lik sudi 1938- yilning 5- oktabrida XX asr o'zbek nasrining eng
yirik vakilini, asrimizdagi o'zbeklarning eng fidoyilaridan birini o'limga hukm
qildi. Dahshatli jihati shundaki, hukm 4- oktabrda, ya'ni hukm chiqishidan bir
kun oldin ijro etilgan edi. Qotillar o'zbekning chin iste'dodlarini yo'qotishga
shoshilishgandi.