Hayot afsonalarga qorishib ketgan, surati-yu siyrati
rivoyatlarda bayon etilgan. xalq orasida halollik, to'g'rilik, Haqqa
oshiqlikning timsoli bolib gavdalangan Mashrabdek shaxsi va ijodi mashhur zotni
topish qiyin. Farhod va Qays seviklilari Shirin-u Layliga intilgani kabi
Mashrab ham Yaratganning vasliga beqaror intilgan oshiqi analhaqdir. Kishi
uning shaxsini bilgani sayin va ijodini o'rganish mobaynida o'zining ham
tozarib borayotganini tuyadi, buyuk Tangriga yaqinlikni his qiladi. Shuning
uchun ham uni o'qimoq, uqmoq kerak.
Oldinlari Mashrab 1640 yoki 1647 yillarda tugilgan deb
hisoblanar va bu ma'lumotlar qator ilmiy manbalarda ko'rsatilgan ham edi.
Bog'istoniyning "Tazkirai qalandaron" asarini sinchiklab o'rganish
natijasida aniqlangan keyingi ma'Iumotlarga ko'ra Boborahim Valibobo o'g'li
Mashrab 1653- yilda Namanganda kosib oilasida tugilgan. Yodingizdami, Navoiy
"Xamsa"si qahramonlari Farhod va Qays tugllmaslaridan ishq dardiga mubtalo
bo'lgan edilar. Xuddi shu holat Boborahimda ham yuz beradi. Shoirning hayot
yo'li yoritilgan "Qissai Mashrab" asarida yozilishicha, u bolaligidan
majnuntabiat, so'fiysurat, odamovi va xomush qiyofada yuradi. Uning
g'ayritabiiy odatlari, gap-so'zlari, yurgan yo'lida aytadigan baytu g'azallari
ota-onasi va xaloyiqni hayron qoldiradi. Onasi ne orzu-havaslar bilan unga
yangi liboslar kiygizsa, Mashrab duch kelgan ojiz-bechoralarga kiyimlarini
yechib berar, o'zi yalong'och yurardi (xuddi "BoMib el anduhidin ko'ngli
g'amnok, Yaqo chokni ko'rib, ko'ksin qilib chok" qilgan Farhoddek).
Ota-onasi iztirob bilan buning sababini so'raganlarida, u "Yaratganning
huzuridan qanday kelgan bo'lsam, shunday yuraveraman" qabilida javob
beradi. O'spirinligida qayerda go'riston bolsa, ziyorat qilib, odamlarning
suyaklarini ko'rib: "Ey odamzod, oxir oiib boshingga tushadurgon ish
bu", — deb yiglab yurardi (Farhod va Qaysning g'amginliklarini eslang).
O'g'illaridagi bunday ilohiy ishq sirlarini tushunmagan ota-ona xavotir va tashvishga
tushadilar.
Mashrabni shu hududda katta ulamo, Haq yo'liga
boshlovchi tariqat rahnamosi sanalgan Mullo Bozor Oxundga uchrashtiradilar.
Mashrab undan zo'r ixlos bilan ta'lim oladi, tarbiya ko'radi. Xuddi bir muallim
o'zidagi bilimlarni berib boMgach, shogirdini o'zidan ilmliroq boshqa ustozga
yo'lla-ganidek, ma'lum darajada ilohiy sirlardan Mashrabni voqif etgan mullo
Bozor oxund uni Koshg'arga — Ofoq xo’ja huzuriga borishi kerakligini aytadi.
Islom dunyosining ulug'laridan biri bolmish bu zot yangi muridi qalbidagi
ilohiy muhabbat nurlarini ilg'ab, unga Mashrab (ma'nosi — ishq sharobini
ichgan) nomini beradi. Mashrab Ofoq xoja huzurida yetti yil tahsilda, xizmatda,
riyozatda boMdi va Haqqa yaqin avliyo zot bo'lib yetishdi. Farhodga Boniy,
Moniy va Qoran o'rgatganlaridek, Bozor oxund va Ofoq xo’ja ta'limidan Mashrab
toshdan metin nafs tog'ini yanchishni, ko'ngilda ishq binosini qu-rishni va bu
binoga Olloh ishqini naqshlashni o'rgandi. "Xamsa" dostonlaridan
Tangri oshiqlarining taqdiri qanday yakun topishi Sizga ma'lum. Mashrab, ustozi
Ofoq xoja bashorat qilganidek, 1711- yilda Balx hokimi Mahmud Qatag'on amri
bilan Qunduz shahrida qatl ctilgan.