Yigirmarichi asrdagi eng ulkan adiblardan biri, qardosh
qirg'iz xalqining farzandi yozuvchi Chingiz Aytmatov 1928-yil Talas
vodiy-sidagi Shakar qishlog'ida xizmatchioilasida tug'ildi. Bo'lajak yozuv-chining otasi To'raqul Aytmatov o'z
vaqtida sobiq sovet hukumati-ning turli idoralarida mas'ul lavozimlarda ishlagan.
Kommunistik qatag'on avjga mingan o'ttizinchi yillarda qamoqqa olinib, yo'q
qilib yuborilgan.Bolaligi g'oyat katta insoniy fojialar qurshovida
o'tgan o'n uch yashar Chingiz Aytmatov urush davrida qishloq kengashida
kotiblik qildi. Ayni vaqtda, maktabda o'qishni ham davom ettirdi. Maktabni
bitirgach, zootexniklik kasbini egallash uchun o'qidi. Keyinchalik, Moskvada
oliy Adabiyot institutida tahsil ko'rdi. Maktab va oliy o'quv yurtida ruscha
o'qigan Ch. Aytmatov ko'plab asarlarini ham o'sha tilda yaratdi. Uning
dastlabki asarlariyoq kitobxonlar e'tiborini qozonib, tilga tushdi. Odamlarni,
hayotni g'oyat yaxshi bilgan va chin yurakdan sevgan adib o'z asarlarida
kishilar uchun juda aziz, juda zarur bo'lgan tuyg'ularni, holatlarni,
mavzularni qalamga oladi.Chingiz Aytmatovning «Jamila», «Yuzma-yuz», «Momo yer»,
«Alvi-do, Gulsari», «Baydamtol sohillarida», «Birinchi o'qituvchi», «Oq kema»,
«Asrga tatigulik kun», «Qiyomat», «Kassandra tamg'asi» sin-gari asarlari
dunyoning juda ko'plab xalqlari tillariga tarjima etilgan hamda ular tomonidan
sevib o'qiladi.