Главная | Регистрация | Вход | RSSDushanba, 20.05.2024, 23:30

SOFT PORTAL OF UZBEKISTAN

Меню сайта
Категории раздела
Kompyuterlar uchun [16]
Mobil telefon uchun [10]
Foydali maslahatlar [13]
Sport yangiliklari [5]
Oshxona [4]
Avto Olam [3]
Bu qiziq ... [42]
She'riyat [10]
Kitoblar [8]
Shou-Biznes [0]
Ilm-Fan [3]
Kashfiyotlar [7]
Latifalar [1]
Buyuk Siymolar [21]
Ibratli hikoyalar [4]
Topishmoqlar [6]
Aforizmlar [19]
Yulduzlar biografiyasi [2]
Dasturlash tillari [6]
Eng-Eng-Eng [4]
Hayvonot dunyosi [14]
Qiziqarli masalalar [1]
Salomatlik [2]
O'simliklar dunyosi [1]
Maqollar [7]
E-Book [1]
Мини-чат
Наш опрос
Saytimizga ko'proq nimalar berib borilishini hohlaysiz ?
Barcha javoblar: 61
Статистика

Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

14:03
Erkin Vohidov

Erkin Vohidov 1936-yilning 28- dekabrida Farg'ona viloyatining Oltiariq tumanida o'qituvchi oilasida tug'ilgan. Otasi Oltiariqning o'qimishli, obro'li odamlaridan bo'lgan. U tarix fanidan dars bergan, so'ng turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Ikkinchi jahon urushining dastlabki yillarida frontga ketib, bosh miyasida oskolka1 jarohati va o'pka shamollashi kasali bilan qaytib keladi, 1945- yilda o'ttiz uch yoshida Toshkentda Olmazordagi kasalxonada vafot etadi. Bir yildan so'ng bo'lajak shoirning onasi ham dunyodan o'tadi. Ikki qisqa umrning yolg'iz yodgori bo'lib, Erkin tog'asi qo'lida qoladi.«Otam frontda ekanida onam qishloq Sovetida sekretar vazifasida ishlar, .qiyinchilik bilan kun kechirar edik. Jo'xori poyasini shimib tilimni qonatganim, bolalarga qo'shilib kunjara yeganim uchun onam yuzimga shapaloq urgani va o'zi kechgacha yigiaganini unutmayman. O'ylab qarasam, bolalik xotiralarimning ko'pchiligi she'rlarga, dostonlarga ko'chgan ekan. «Nido», «Quyosh maskani» poemalari, «Bolalik», «Oqsoqol», Bolalik ekanda» she'rlari o'sha murg'ak tasawur, ilk xotiralarning mevasi bo'lgan*, — deb eslaydi shoir o'ksik bolalik yillari haqida.Toshkentda kechgan bolalik va o'smirlik yillarining eng yorqin esdaliklari shoir G'ayratiy tashkil etgan to'garak mashg'ulotlari va g'oyat olijanob hamda atroflicha bilimdon tog'asining xonadonida bo lib  turadigan  adabiy  suhbatlar bilan  bog'liqdir.Chunki bu davralar unda badiiy so'zga ehtirom uyg'otdi, bo'lajak shoirni so'z go'zalligini his etishga o'rgatdi.Chunki bu davralar unda badiiy so'zga ehtirom uyg'otdi, bo'lajak shoirni so'z go'zalligini his etishga o'rgatdi.G'ayratiyning to'garagiga qatnashib yurgan kezlarida, hali o'smir yoshida «Mushtum» jurnalida birinchi she'ri bosildi. She'r tagiga «22-  maktab 7-«a» sinf o'quvchisi E. Vohidov* deb yozilgan edi.Maktabni oltin medal bilan bitiigan Erkin Vohidov Toshkent davlat universitetining o'zbek filologiyasi fakultetida tahsil oldi. So'ng turli nashriyot va gazeta-jumallarda ishladi. Respublikamiz yoshlarining birinchi jurnali «Yoshlik»ning tashkilotchisi bo'ldi. Keyingi yillarda O'zbekiston Oiiy majlisining bo'lim mudiri vazifasida ish­ladi.E. Vohidovning birinchi she'rlar kitobi «Tong nafasi» nomi bilan 1961- yilda chop etildi. Shundan so'ng uning «Qo'shiqlarim sizga», «Yurak va aql», «Mening yulduzim*, «Nido», «Lirika», «Palatkada yozilgan doston*, «Yoshlik devoni*, «Charog'bon», «Dostonlar», «Muhabbat», «Hozirgi yoshlar*, «Tirik sayyoralar», «Iztirob» kabi she'riy to'plamlari nashr qilindi. Buyuk rus shoiri Sergey Yesenin she'rlari va olmon shoiri Gyotening ikki kitobdan iborat ulkan «Faust» fojiasini o'zbekchalashtirishi Erkin Vohidov talantining yana bir qirrasini namoyish qildi. Uning qalamiga mansub «01tin devor» komediyasi nafaqat yurtimizda, balki chet mamlakat sahnalarida ham qo'yildi. U O'zbekiston xalq shoiri va O'zbekiston Qahramoni unvonlariga musharraf bo'lgan ijodkorlardan.

Категория: Buyuk Siymolar | Просмотров: 2339 | Добавил: WebmasterUz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 joxa  
Erkin Vohidovni ijodlari manga yoqadi

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  May 2011  »
DuSeChorPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2024