Har bir millatning o`z an-analari bor.
Masalan bizda Navro'zda sumalak yeyiladi, Amerikada esa Mustaqillik
bayramida ko`plab hot-dog lar istemol qilinadi. Nega Hot-dog bunday
ataladi? Hattoki Ingliz tilini
yaxshi biladiganlar ham nima uchun aynan bulichka ichidagi sasiska
hot-dog deb atalishini tushuntirib berishlari qiyin.
Ayrim davlatlar, jumladan Germaniya, Amerika
kashf qilinishidan oldin birinchi bo`lib hot-dog ularni davlatida
qilinganini tasdiqlashadi. Universitetning izlanuvchi olimlari, bu nom
sosiskani taksi zotidagi itlarga o`xshatilgan - deb tahmin qilishadi. Lekin
boshqa tahminlar ham yo`q emas. Lingvistlar va tarixchilar 1895 yilda
chop qilingan jurnalni izlab topishgan. Unda quyidagicha yozilgan:
Sotuvchilar sosiskali bulichka sotishayotgan payitda atrofga itlarni
jalb qiluvchi hid tarqagan. 20 asr o`rtalarigacha
xot-dog kambag`allar ovqati deb hisoblangan. Keyinchalik esa bu ovqat
boyroq odamlar dasturxonida ham paydo bo`lgan. Lekin chiroyliroq qilib
salat barglari bilan bezatib qo`yilgan, Sosiskaga esa har hil tuzlamalar
bilan tam berilgan. Vaqt o`tgan sari hot-dogni mavqei oshganidan oshib
boravergan. Amerikada hattoki hot-dog uchun alohida kun ajratilgan, tashkilotchilar tez yeyish bo`yicha musobaqalar o`tkazishadi. Yoqimli ishtaxa.
|