Zamonaviy o'zbek nasrining taraqqiyotiga katta hissa
qo'shgan iste'dodli yozuvchi O'tkir Hoshimov 1941 - yilda Toshkent shabrida ishchi oilasida tug'ildi. U
o'rta maktabni oltin medal biian bitirgach, 1959-1964-yillarda Toshkent Davlat
universitetining fllologiya fakulteti jurnalistika bo'limida o'qidi. Oliy
ma'lumot oigach, O'. Hoshimov awal «Toshkent
haqiqati», «Sovet 0'zbekistoni» gazetalarida ishladi. 1966-yildan «Toshkent oqshomi»
gazetasi tahririyatida bo'lim mudiri, G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at
nashriyotida bosh muharrir o'rinbosari vazifalarida ishladi. Hozirgi kunda
«Sharq yulduzi» jurnaliningBoshmuharriridir.
O'tkir Hoshimov o'z ijodini she'r va ocherkiar
yozishdan boshladi. lining dastlabki kitoblari hali talaba ekanidayoq bosilib
chiqdi. Ocherkiar toplamidan iborat birinchi kitobi 1962- yilda <>Poiat
chavandoz» nomi bilan nashr etildi. So'ngra «Cho'l havosi» (1963), «Odamlar
nima derkin», «Shamol esaveradi», «Bahor qaytmaydi» (1970), «Qalbingga quloq
sol» (1973), «Uzun kechalai> (1975), «Nimadir bo'ldi» (1976), «Quyosh
tarozisi» (1980), «Dunyoning ishlari* (1982) kabi hikoya va qissalar
to'plamlari hamda «Nur borki, soya bor» (1979), «Ikki eshik orasi» (1986),
«Tushda kechgan umrlan> (1993) romanlari bosilib chiqdi. 1974-yilda
«Birovning tashvishi» dramasi sahnalashtirildi.
Bundan tashqari, O'tkir Hoshimov O'rta Osiyo
respublika(arining qator teatrlarida namoyish qilingan «To'ylar muborak»,
«Sizdanugina,bizdan bugina»kabipyesalarningmuallifidir.
O'tkir Hoshimov E. Xeminguey, K. Simonov, A. Kuprin,
O. Bergolts singari yozuvchilarning asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilgan.
O'z navbatida, adibning bir qancha asarlari chet tiliarga o'girilgan.
O’tkir Hoshimov 1982-yilda «Dunyoning ishlari» qissasi
uchun Oybek nomidagi, 1986 yilda «Ikki eshik orasi» romani uchun Hamza nomidagi
respublika davlat mukofotiasazovor
bo’lgan. Adibga 1991-yilda Ozbekiston xalq yozuvchisi unvoni berilgan.