Yozuvchi Odil Yoqubov qo'shni Qozog'istonning Chimkent
viloyatiga qarashli Turkiston shahrida tug'ilgan. U ko'plab hikoyalar, bir
qator dramalar, o'nga yaqin qissalar va «Er boshiga ish tushsa», «Oq qushlar,
oppoq qushlar», "Ulug'bek xazinasi", "Diyonat", "Ko'hna dunyo", "Adolat
manzili" kabi romanlar muallifidir. Yozuvchining bolaligi ancha og'ir kechgan. Uning
o'ktam, tadbirkor, haqiqatgo'y, o'qimishli va ishchan otasini kommunistik
idoralar «xalq dushmani* sifatida yo'q qilishadi. Aybsiz Odilni esa,
dushmanning o'g'li sifatida har qadamda kamsitishadi. Ammo xayolparast, qobiliyatli,
intiluvchan bola otasiga bo'lgan e'tiqodidan qaytmaydi. Og'ir bolalik yillari
uning xotirasida bir unuga o'chmas iz qoldiradi va yozgan barcha asarlarida
bolaligida ko'rgan ana shu yovuzlikka, adolatsizlikka nafrat tuyg'usi, ma'lum
darajada, aks etadi.
Adib o'z tarjimai holida shunday yozadi: «...Qishloqqa
kelgach, men oltinchi sinfga qatnay boshladim. Bu safar ham omad yor bo'lib,
hayot meni o'z kasblarini nihoyatda sevgan, nihoyatda ziyoli adabiyot
muallimlariga ro'para qildi. Ular — Mamatamin Mahmudov va Sulaymon Amirov —
o'ta bilag'on, o'ta ziyoli, shoirtabiatkishilaredi.Birinchi adabiyot darsi hech esimdan chiqmaydi. Sinfga
juda sipo kiyingan, qotmadan kelgan xushqad, xushsurat odam kirib keldi. U
doska oldida to'xtab, birdan sukutga cho'mgan sinfga bir zum tikilib turdida,
qisqa qilib: «Pushkin. «Kavkaz asiri» dedi. So'ng dostonni yoddan o'qiy ketdi.
Keyinchalik men she'rni yoddan o'qiydigan ko'p shoirlar va artistlarni ko'rdim,
ularning she'r o'qish uslublaridan zavqlandim, ammo, nazarimda, butun bir
dostonni boshdan-oyoq yod o'qigan o'qituvchini uchratmadim, she'rni bunchalik
tiniq, san'atkorona o'qiydigan muallimni ko'rmadim. Ikkinchi adabiyot
o'qituvchim Sulaymon aka esa, o'zi ham she'r yozadigan, Cho'lpon, Hamid
Olimjon, Mirtemirlar bilan ko'p yillar muloqotda bo'lgan, mumtoz adabiyotni
yoddan o'qiydigan, nlhoyatda soddadil, pok, halol inson edi. Ular menga ona
tilimizning butun nafosati va nazokatini, o'ziga xos betakror latofatini, inson
qalbining eng nozik tebranishlarini ifoda eta olish qudratini, matal va
maqollarga boyligini, qo'yingki, barcha go'zal xislatlarini ochib berdilar, ona
tiliga mehr — bu insonga, ona Vatanga mehr ekanini o'rgatdilar,uni yosh qalbimga toabadmuhrladilar.
...1945-yilning yanvar oyida qishlog'imizdan bir yo'la
qirq yigit frontga ketadigan bo'ldi. Bular urush yillari birga o'roq o'rgan,
birga mashoq tergan, «eshak karvonlan>da birga g'alla tashigan bo'z
bolalaredi.Men asli 1927-yilda tug'ilganman. Lekin urush yillari
etik bilan suv kechib, hamma qiyinchiliklarni o'rtoqlashgan yor-birodarlarimdan
ayrilib, qishloqda bosh ko'tarib yurishga or qildim-u, tuman harbiy
komissariatiga borib: «Qishloq soveti kitobida yoshim noto'g'ri yozilgan,
aslida yigirma oltinchi yilda tug'ilganman» deb arz qildim. Harbiy komissarimiz
urushdan bir oyog'ini yo'qotib kelgan, qoitiqtayoq bilan arang yuradigan
shiddatli bir odam edi. Unga mening arzim shu qadar yoqdiki, armiyaga
chaqirilgan yigitlarni safga tizib (ular orasida yoshini yashirib, allaqachon
uylangan, hatto bola-chaqali boiib olgan «o'spirtnlar» ham oz emas edi), meni
hammaga ibraT qilib ko'rsatdi. Xullas, shu tarzda sho'rlik oyim va opamlarni
zor yig'latib, urushga ketdim. O'rol daryosi sohillaridagi o'rmonzorlarda
tizzadan qor kechib harbiy maktabni o'tadik. Bir kechada eshelonlarga o'tqazib,
Uzoq Sharq tomon olib ketishdi. Mo'g'ulistonning Gobi
sahrosi va Xingan toshlaridan yayov o'tib, qariyb bir oy deganda, mashhur
Kvantun armiyasining orqasiga chiqib oldik. Yapon imperlilistlariga qarshi
urush e'lon qilinganda, biz allaqachon Kvantun armiyasining orqasida shay
turardik. Oqibatda, urush ko'pga cho'zilmadi, bir oyga bormasdanoq Kvantun
armiyasi tor-mor qilinib,taslimga
mahkum etildi.U chog'larda harbiy xizmat hozirgidek, ikki yil
emas, allaqanday muddatsiz edi. ...Nihoyat, 1950-yilning kech kuzida xizmatdan
bo'shab, qishloqqa qaytib keldim va o'rta maktabning o'ninchi sinfiga o'qishga
kirdim...»
Urush ko'rib, hayot mashaqqatlari tufayli obdan
chiniqqan Odil Yoqubov Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini
bitirgach,bir qator nashriyotlar,
gazeta va jurnallarda mehnatqildi.
Moskvada chiqadigan «Literaturnaya gazeta»sining
O'zbekiston bo'yicha muxbiri bo'ldi. O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi,
Respublika Atamashunoslik qo'mitasi raisi, O'rta Osiyo va Qozog'iston
respublikalari ishtirokida tuzilgan «Markaziy Osiyo madaniyati»
Assambleyasining vitse-prezidenti1 singari mas'ul lavozimlarda faoliyat
ko'rsatdi.