O'zbekistonning mashhur hajvchi yozuvchisi Said Ahmad
1920-yilning 10- iyunida Toshkent
shahrining «Samarqand darvoza» mahallasida ziyoli oilada tug'ilgan. Said Ahmad
bolalik, yillari haqida xotira kitoblarida shunday deb yozadi: «Men
tug'ilgan... mahallaning guzariga yilda ikki marta dor keladi. O'sha paytlarda
mashhur bo'lgan Solih dorbozning o'yinlariga, masxarabozlarning qiliqlariga
qoyil qolardik. Bir kuni masxaraboz qopdan shisha siniqlarini to'kib, ustiga
stoldan sakradi, o'yin tushdi.
Men ham qo'ni-qo'shnilarnikidan singan shishalarni
ikki chelak qilib yig'ib, bog'imizga olib kirdim. Bir joyga to'kib, ustiga
devordan sakradim. Oyoqlarimni shisha tilib tashladi. O'n kungacha oyoq
bosolmay uyda yotganman.
Bir marta dor o'ynab yiqilganman. Oyog'im singan. Rais
ko'chasidagi Maxsum tabib taxtakachlab qo'ygan. Bir oygacha qo'ltiqtayoqda
yurganman.
Uch marta tomdan yiqilganman. (Bir martasida qaynab
turgan samovarning yoniga tushganman.) Xullas, yetti marta qo'lim chiqqan.
To esimni tanib, maktabga bcrgunimcha o'tganning
o'rog'ini, ketganning ketmonini oladigan «snum bola»ning o'zi bo'lganman.
Abdulla Qodiriyning bog'i bizdan sal yuqoriroqda edi.
U ko'chamizdan o'tardi. Bu odamning kimligini, nima ish qiiishini hali
bilmasdim. Ammo keksalar ham, yoshlar ham ajib bir hurmat bilan salom
berishlarini ko'rib atayin ko'chada poylab o'tirardim.O'tib qolsa,salom beraman deb kutardim.
Bizning tashqari hovlimizdagi bo'sh uyda Mirmashriq
degan kishiturardi.Keyinbilsam,uElbekdeganshoirekan.U ning oidiga Oybek, G'afur G'ulom, G'ulom Zafariy, Xurshid kabi
shoiriar kelib turishardi, ularga choy tashirdim. Ularning suhbatlari,asosan,adabiyot,san'at,kitobhaqida bo'lardi.
Oilamizdagilarning hammasi ham ma'rifatli odamlar
bo'Iganligi uchun ichkari hovlidagi suhbatlar ham, ko*pincha, kitob, ilm
xususida bo'lardi».
Boiajak adibning otasi Husanxo'ja Dadaxo'ja o'g'li
rus-tuzem maktabini tugatgan, rus tilini mukammal biladigan, Sharqu G'arb
adabiyotidan bahramand bo'lgan ma'rifatli odam edi. Turkiy dunyoning mashhur
ma'rifatchisi Ismoilbek G'aspirali bilan yaqinligi bor edi. Toshkentliklar Said
Ahmadning bobosini «Dadaxo'ja do'ma» deb ulug'lashar, chunki u kishi sho'rolar
to'ntarishidan ham oldin shahar dumasining deputati bo'lgan. Onasining otasi
G'ulomxon toshbosma matbaa1 egasi bo'lgan. Bo'lajak adibning katta akasi
Imomxon o'zbek stenografiyasining9 asoschisi hisoblanardi, keyingi akasi
Zuhurxon esa, irrigatsiya3 bo'yicha O'zbekistonning ilk professori edi.
Mana shunday oilada tug'ilib o'sgan Said Ahmad
yoshlikdan kitob bilan oshno tutingandi. Qo'liga tushgan kitobni o'qimay
qo'ymasdi. Shuni ham aytish kerakki, u mahallar o'qiydigan kitobning o'ziyam
ko'p emasdi. Qiziquvchan, tabiatan tinib-tinchimas Said Alimad adabiyotga kirib
kelguncha juda ko'p sohalarda o'zini sinab ko'rdi. Bu haqda o'zi shunday
eslaydi: «Mushtum»da birinchi hajviy hikoyam chiqquncha, men kiimagan o'qish,
men unnab ko'rmagan ish qoimadi hisob. Qishloqlarga chiqib shiorlar yozdim.
Artistlikka ham qiziqib ko'rdim. Doktorlik maktabida ham besh-olti oy o'qib
chiqdim. Bir-ikki yil rassomlik maktabiga ham qatnadim. Qurilish texnikumida
ham uch-to'rt kun tahsil oldim. Penson degan mashhur fotochiga shogird tushdim.
Gazetalarga rasm ishlab oborardim.
Fotochilik, rassomlik meni redaksiyalarga
yaqinlashtirdi. Gazetalarda kichik ktchik xabarlarim bosila boshladi.
Nihoyat, o'n olti yoshimda «Mushtum» mening «lshqiboz»
nomli hajviyamni chop etdi. Ko'rib turibsizki, ijodni kulgili asarlar yozishdan
boshlaganman. Kulgini yaxshi ko'raman. O'shandan beri ellik yildanoshibdiki,hajviyasar yozishnito'xtatganimyo'q».
Said Ahmad Nizomiy nomidagi pedinstitutda bir muddat
o'qigach, avji ikkinchi jahon urushi boshlangan yilda «Mushtum» jurnalida
ishladi.1942-1943-yillarda respublika
radiosida,1943 - 1947-yillarda «Qizil
O'zbekiston» gazetasida, 1948 - 1950-yillarda «Sharq yulduzi» jumalida mehnat
qildi. Sho'rolar siyosatining zug'umi bilan millatchi sifatida bir necha yil
qamalib ham chiqdi. Ozodlikka chiqqach, qator yillar O'zbekiston yozuvchilar
uyushmasida adabiy in&slahatchilik qildi.
Said Ahmad hajviy hikoyalar yozish btlangina
kifoyalanmay. nasrning deyarli barcha janrlarida qalam tebratgan va muvafTaqiyatga
erisha olgan yozuvchidir. Lining «Qadrdon dalalar* (1949), «Hukm» (1958)
qissalari, insoniy taqdirlar chalkashligini ko'rsatishga bag'ishlangan uch
kitobdan iborat «Ufq» romani, tuig'unlik zamonida mamlakatimizda yuzaga kelgan
vaziyatni aks ettiruvchi «Jimjittik» (1988) romaniari, «Kelinlar qo'zg'oloni»,
«Kuyov» singari pyesalari xalqimizning ko'ngil rnulkiga aylangan.