Dunyoga juda ma'lum va mashur bo'lgan ushbu kema ixtirochisi Tomas
Edryus eng dahshatli halokat yuz bersa ham "Titanik" uch kecha -kunduz
cho'kmasdan, suv yuzida turishi mumkinligi haqida odamlarni ishontirgan
edi. Ammo "Titanik"ning okean bo'ylab birinchi va oxirgi safarining
qatnashchisi sifatida salkam uch ming sayyohlar ishtirokida o'zining bu
fikri noto'g'ri ekanligini tan oldi...
Keling, hammasini bir boshidan hikoya qilaylik. Keksa dengizchi
Morgan Robertson 1896-yilning kech kuzi, yomg'irli oqshomida Londondagi
nashriyotlardan biriga tashrif buyuradi.Ishi unchalik yurihmasdan,
inqiroz holatiga kelib qolgan nashriyot xo'jayni kechki mehmonni
yoqtirmasdan, unga eshikni rang ochib,"Behudalik" nomli fantastic
romanini bosib chiqarish to'g'risidagi taklifiga istar-istamas rozi
bo'ladi.Sobiq matrosning ushbu romanni juda ulkan bir kema halokati
to'g'risida yozilgan bo'lib, ushbu kitob 1912-yillning yzigacha
nashriyotda daraomad keltirmasdan kitob javonlarida chang bosib
yotadi... Belfastdagi Harlland and Wolt kemasozlik kompaniyasi
1912-yil 2-aprelda XX asr fan va texnikasining katta yutug'I va
mo'jizasi, deb atalgan juda ulkan "Titanik" kemasini suvga
tushiradi.Uning qurilishiga 17 mingdan ko'proq ishchilar qatnashib,
hozirgi narxda hisoblaganda bir yarim milliard funt sterling mablag'
sarflanadi.Tagi qo'shqavatli,atrofi qalin po'lat quyulmalar bilan
himoyalangan, o'n oltita geometric suv o'tkazmaydigan qurilmasi bo'lib,
bir soatda 8 ming tonna suvni chiqarib tashlash qobiliyatiga ega
bo'lgan bu ulkan kemani hech kim cho'kib ketadi, deb o'ylamasdi.Bu
boroda uning ixtirochisi Tomas Edryusning fikri bilan yuqorida
tanishdingiz. Bu ulkan kemani Xudoning o'zi cho'ktirgani
qo'ymaydi,- deydi katta ishonch bilan safarga chiqish arafasida
jurnalistlarga qarata "Titanik"ning kapitani Edvard Jon Smit.Uch
restoran, ikkita oshxona, pivo bari, turk hammomi, gimnastika zali,otda
sayr qiladigan manej, tennis va golf maydonlari, bog'i, konsert zali
va alohida telegrafi bo'lgan va 3300 kishiga mo'ljallangan "Titanik"
kemasi kichik roq shaharchaga o'xshardi.Shuning uchun ham uning
chiptalari arzon emasdi.Birinchi toifa kayutasining chiptasi 25 ming
funt sterling tursa, kayutalyuksariniki 100-150 ming turardi. "Titanik"
1912-yil 10-aprelda 2358 yo'lovchi bilan Angliya ning Sautgemptonidan
chiqib, Nyu-Nork sari yo'l oladi.Yuqori palubada Britaniya va Amerika
aristoktarsarining nufuzli vakillari, umumiy mulki 100 miliard
dollardan oshiq bo'lgan 25 nafar millionerlar joy
olishadi."Titanik"ning lyuks-kayutalariga AQSH Prezidenti Taftning
qo'riqchisi mayor Archi Batti yosh katta univermag xo'jayini Straus
rafiqasi Idoy bilan, Angliyaning taniqli publisti Uilyam Sted, rassom
Frank Mille, kema ixtirochisi Tomas Endryus, "Titanik" xo'jayini Bryus
Ismey va boshqalar joylashishadi. Kemaning birinchi radisti Jon
Fillips va uning yordamchisi Gorald Brayd 14 -aprel kuni kechqurun
"katta yer" bilan aloqaga chiqmoqchi bo'lib turishganida yaqindagi
kemalardan birida to'satdan "Ehtiyot bo'ling, Aysberg! Ehtiyot bo'ling,
Aysberg!", degan xabarni eshitib qolishadi.Filipps bu haqda zudlik
bilan kema xo'jtini Bryus Ismey va kapitan Smitga xabar qiladi.Bunday
holda kemani junubroqqa burush yoki tezligini pasaytirish zarur
edi.Biroq kapitan kursni o'zgartirmasdan, tezlikni pasaytirmasdan
to''ri ketaverishga buyru beradi. 14-aprel, soat 2330.
Kemaning old va yon tomonlariga negadir navbatchilar qo'yilmagan,
"Titanik"da kemaning oldini yoritadigan kuchli yoritkich (projector)
qo'yish ko'zda tutilmagan.Kema nazoratchilari Hilari Frederik Flit va
Redjinald Li sovuq tunda qaltirab, oldinga, qorong'ulik tomon
tikilishadi. Ularga binokl berishmagan, lekin shunday bo'lsada, oysiz
tunda ular oldindan ko'z uzishmaydi. Ehtimol, shu sababli ular
"Titanik"ning yon tomonlariga yain kelib qolgan muz qoyalari va
ro'paradagi muz uyumlarini oldindan ko'rishmaydi.Bu paytda kema 22,5
uzel (soatiga 45 kmdan ko'proq) tezlik bilan ketayotgan edi. Soat 2340 .
Flit "Titanik"dan 400 metrcha oldinda ulkan muz qatlamini ko'rib
qoladi."Kurs bo'yicha to'g'rida Aysberg!" qichqiradi u va uch marta
qo'ng'iroq chaladi.Katta ofiser Uilyam Meerdok "Chapga, chapga bur!"deya
shoshilinch buyruq berib, kemaning mashina qismiga qarata "Orqaga,
orqaga!" deya qichqiradi.Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, ana shu
noto'g'ri buyruqlar berilmasa, "Titanik" ulkan muz qatlamiga urilib,
nari borsa kemaning old qismi jiddiy shikastlanib, to'qnashuv tufayli
ko'plab kishiar jarohatlanishi, lekin kema cho'kmasdan omon qolishi
mumkin edi. Ammo buyruq berilib bo'ldi.Buyruq bo'yicha kema
buriladi va shu sababli muz qoyasi kemaningold tomoniga emas,
"Titanik"ning o'ng tomoni , pastki qismiga zarb bilan uriladi.Kemaning
tashqi qatlami 100 metr uzunlikda konserva qutisidek kesilib, palubaga
muz bo'lakchalari yomg'iri yog'iladi. Bo'layotgan voqealariga hali
tushinib yetmagan, oldinda ularni qanday halokat kutayotganini xayoliga
keltirmagan yo'lovchilar bir - birlariga muz bo'lakchalarini otib
o'ynashadi, ayrimlari esa o'zlari ichayotgn ichinliklarga muz
parchalarini tashlab, uni sovutmoqchi bo'lishadi.. Xullas, kemada ko'tarinki kayfiyat jukumron edi ... Shu
orada halokatning oldi olinganday bo'ldi .Buroq kemaning isitish
bo'linmasiga kirgan kuchli suv oqimi o't yoquvchilarning ustiga
yopiriladi.Ikki minutdan so'ng kemanningbir qismi mus aralash suvga
to'ladi. Kemaga kuch bilan suv kirishi davom etar va kema qismlarini
birin ketin to'ldrib, 3- toifadagi kayutalargacha yetib keladi.Kema 10
daqiqa ichida 3 ming tonnadan oshiqroq suvni "yutib", uning
mexanizmlari birin - ketin ishdan chiqa boshlaydi.Biroq radistlar
halokat to'g'risida xabar tarqatishmas, buning uchun ularga hozircha
tegishli buyruq berilmagan edi."Titanik"ning halokati to'g'risidagi SOS
xabarini birinchilardan bo'lib, "Frankfurt" va "Karpatiya" kemalari
eshitishadi. Kema ixtirochisi Tomas Edryus uni ko'zdan kechirib, o'z
mehnati mahsuliga o'lim hukmi chiqaradi:" Uch soatga qolar qolmas kema
g'arq bo'ladi" deydi u afsus bilan. Soat 0015.Suvga
birinchi qutqaruv qayiqlari tushiriladi.Ular bor yo'g'i 20 dona. Demak,
yo'lovchilarning ko'pi bilan uchdan birini qutqarish mumkin.Lekin bunga
kemadagi vahima va shoshma - shosharlik o'z ta'sirini o'tkazdi.Shu
sababli ham birinchi qayiq 65 kishi o'rniga 28 kishini olib tezda
jo'nab qoladi. Ikkinchisi 20 va uchunchisi 12 kishi bilan ketib qoladi. Soat 100.
Kemada qo'rquv va vahima avjiga chiqadi.Shu sababli qayiqlarga oldin
ayollar va bolalarni tushurish uchun harbiylar hatto qurol ishlatishga
ham majbur bo'lishadi. Biroq, faqat o'z jonini o'ylovchi, qo'rqoq va
nomardlar oldin qochishadi. Masalan, "Titanik" xo'jayini Bryus Ismey
o'zidan oldin qutqaruv qayig'iga chiqayotgan bolali ayolni suvga itarib
yuborib, birinchi qayiq bilan jo'nab qoladi. 1908 yilgi olimpiadaning
qilichbozlik musobaqasi bo'yicha chimpioni, millioner Kosa Daff Grdon
uchunchi qayiq boshqaruvchilarini shoshiltirib, o'zining jonini tezroq
qutqazish maqsadida ularga katta pul va'da qilib, 65 kishi o'rniga 12
kishi bilan suzib ketadi. Lekin hamma ham bunday qilmaydi.Kemadagi
ko'pchilik ajal yaqinlashib qolganiga qaramasdan, oliyjanoblik qilib
faqat o'zini o'ylamasdan, ajal changalidan boshqalarni ham tezroq
chiqishiga yordamlashadi. Masalan, millioner Isidor Straus qayiqqa
o'tirish to'g'risidagi taklifni qat'iy rad etib, o'zining o'rniga begona
ayolni o'tqazadi.Hayratlanarlisi shuki, cho'kayotgan kemag uning
xotini Ida Straus ham qaytib chiqib, eridan bir qadam ham jilmay, uning
yonida hayot bilan vidolashadi. Amerikaning o'sha paytdagi eng boy
kishisi 47 yoshli Jeykob Jon Astor ham qayiqqa o'tirgach, qayiqqa
sig'may qolgan bolali ayolni ko'rib qolib, unga joy beradi va qayiqdagi
xotini bilan quyuq xayirlashib, "Titanik"ka qaytib chiqadi va kema
bilan okean qa'riga g'arq bo'ladi. Shuningdek, kemadagi millionerlardan
Artur Reyson, Frensis Millet, Klarens Mur va mayor Archi Vatt
xotinlarini qutqaruv qayig'iga tushirib, hech narsa bo'lmaganday,
bamaylixotir kemaning chekish xonasiga yo'l olishadi va u yerda kema
ixtirochisi Tomas Endryusni so'ngi marta ko'rishadi.Shunis
hayratlanarliki, kema va shu kema bilan o'zlari ham halokat sari
borishayotganini bilgan holda ekipaj a'zolari va kema xizmatchilari
o'z vazifalarini sidqidildan vijdonan bajarar, hech kim ish joyini
tashlab ketmas edi.Jumadan, kema kuzatuvchilari xushmuomilalik bilan
yo'lovchilarga murojaat qilar, ularga qutqaruv kiyimlarini kiyishga
yordamlashar, ko'mirchilar, o't yoquvchilar, machinist va mexaniklar
hech narsa bo'lmagandek, bemalol o'z ishlarini davom ettirishardi.Kema
orkestri derijyor Uolles Xartli boshchiligia kema halokatiga 20 minut
qolguncha musiqa chalishni davom ettirib, shu zaylda kema bilan birga
halok bo'lishadi. Soat 130.Suvga yana 11 ta qutqaruv
qayiqlari tushiriladi. Endi ular deyarli to'lib ketardi.Biroq, kemada
yana 1600 kishi bor.Ularning faqat yuzga yaqinini qutqarish mumkin. Soat 200."Titanik"
45 gradusga egilib qoladi va kema po'latlari yuqori bosimga chidash
bermay, qozon qismida kuchli portlash yuz beradi.Kema bo'laklarga
bo''linib ketib, uning old qismi 600 metr chamasi otilib ketadi.Orqa
qismi esa suv ustiga esa 20 qavatli uy baravari ko'tarilib, so'ngra
cho'kib ketadi. Soat 220. Muz aralash tubsiz suvlik
o'z zamonasining eng ulkan, eng katta va eng qimmat turadigan, XX
asrning mo'jizasi hisoblangan "Titanik" kemasini yutib yuboradi... "Titanik haolkatidan 3 soat keyin voqea joyiga yetib kelgan "Karpatiya" kemasi 18 - aprel kuni mahalliy vaqti bilan soat 900da halokatdan omon qolgan yo'lovchilar bilan Nyu- York portiga yetib keladi. May
oyida jahon ommaviy axborot vositalari Londonda "Titanik" halokatiga
bog'liq sud bo'lib o'tayotganligini xabar qilishadi.Tergov jarayonida
aniqlanishicha, "Titanik"da bo'lgan 2358 kishidan 868 nafarilari
qutqariladi.Ulardan 202 nafari birinchi toifali kayuta yo'lovchilari
bo'lsa, 114 nafari ikkinchi va 325 nafari uchinchi toifali kayuta
yo'lovchilari bo'lishgan.Qutqarilganlarning mutloq ko'pchiligi ayollar
va bolalar bo'lib, erkaklar 79 nafarni tashkil etgan.Sud yuzdan ortiq
guvohlarni so'roq qilishi natijasida "Titanik" halokatining asosiy
sababi uning tezligi, degan xulosaga keldi.Shu bilan bu halokat tarixiga
nuqta qo'ysa ham bo'lardi.Lekin ushbu tarix bilan shug'ullanuvchi bir
qator mutaxassislar bunga shoshilishmayapdi... Xuddi shu yerda
hikoyamizning boshida aytilgan keksa dengizchi Morgan Robertsonning
"Behudalik" romani to'grisida batafsilroq so'z yuritishga
o'shaydi."Titanik" halokatidan 16 yil oldin bosmadan chiqqan ushbu kitob
kema halokatidan so'ng bir ikki oy ichida son - sanoqsiz nusxada qayta
-qayta chop etilib, butun dunyoga tarqalib ketdi.Chunki romanda
"Titanik"ka o'xshash "Titan" nomli juda ulkan kema birinchi safaridayoq
katta muz qatlamiga urilib, suvga cho'kib ketib, 1500 nafar kishilar
hayotiga zomin bo'lganligi qiziqarli tilda hikoya qilinadi. Shunisi
qiziqki, kitobdagi "Titan" bilan hayotdagi "Titanik"ning deyarli hamma
belgilari bir - biriga juda mos keladi.Halokat joyi - Shimoliy
Atlanta, vaqti aprelning o'rtalari.Hatto kemalarning texnik
ko'rsatgichlari ham bir - biridan juda kam farq qiladi.O'zingiz o'ylab
ko'ring, kitobdagi "Titan"ning uzunligi hayotdagi "Titanik"dan bor
yo'g'i 9 metr qisqa bo'lsa, eni 0.8 metrga farq qiladi,
xolos.Kemalarning maksimal tezligi esa bir xil - 25 mil.Va
nihoyat"Titan"ning motori 50 ming ot kuchiga ega bo'lsa,"Titanik"niki
55 ming ot kuchiga ega bo'lgan.Ularning suv sig'm quvvati ham deyarli
bir xil(kitobdagisi 60 ming tonna,hayotdagisi 66 ming tonna)
bo'lgan.Shunisi qiziqki, keksa dengizchi Robertson o'z kitobida 16
yildan so'ng sfarga chiqadigan kemaning ichini butun mayda -
chuydalarigacha batafsil ko'rsatadi.Jumladan, unda 765ta kayuta
mavjudligi (muallif faqat uchtaga adashgan) baseynlar, otda sayr
qiladigan manej, tennis kortlari va bog'lar. Kitobda qayt etilishicha,
"Titan"da Yevropa va Amerikaning eng badavlat kishilari safarga
chiqishadi va buning uchun ular sarflangan mablag'larining cheki
bo'lmaydi.Ajobo, o'xshashlikni qarang ... "Titanik"ning halokatidan so'ng uning sabablari to'g'risda faraz va taxminlar juda ko'payib ketdi.Uning ayrimlariga to'xtalamiz. "Ishonch
bilan aytish mumkinki, "Titanik"ning halokati oshqa kema
kompaniyalarining asosiy raqobatchini yo'ldan olib tashlash borasidagi
sodir etilgan katta jinoyatchidanboshqa narsa emas.Raqiblar "Titanik"
kema kompaniyasidagi bir qator mansaborlarni sotib olib, kema halokatini
tashkillashtirishgan", deydi nemis jurnalisti Volf Shneyder.Lekin
kompaniya mansabdorlarning sotilgani to'g'risida hech qanday dalil -
isbot topgan emas.shu bilan birga Sneyderning fikri ham asossiz emasga
o'xshaydi.Chunki XX asrning boshlarida juda ko'p kema halokatlari sodir
etilgan.Masalan, 1904 yil 15 iyunda sayohatchilar uchun mo'ljallangan
"General Slokum" kemasi Nyu- York yaqinida halokatga uchrab, kemada
yong'in chiqadi va 1030 kishi halok bo'ladi.Natijada yo'lovchilar
tashish bo'yicha kema transportining obro'si yanada tushib ketadi.Ana
shu obro'ni ko'tarish, suv transportiga yo'lovchilar ishonchini oshirish
uchun qulay, keng, katta va tezyurar kema zarur bo'lib, "Titanik" ana
shu borada boshqalarga o'rnak bo'lishiga mo'ljallanayotgan edi. Shu
tufayli tabiiyki, uning ham dushmanlari yo'q emasdi.Shneyderning
yozishicha, qorong'u tunda, ko'plab muzlik qoyalar qalqib turgan
hududga, binoklsiz kema kuzatuvchisi bilan juda katta tezikda kirib
kelish va besh marta ogohlantirilgandan so'ng ham tezlikni
pasaytirmaslik dushmanlarga sotilgan shaxslarning jinoyatidan boshqa
narsa emas.Bulardan tashqari, "Titanik" jo'nashiga sanoqli daqiqalar
qolganda 50 nafarga yaqin nufuzli yo'lovchilar turli arzimas bahonalar
bilan undan shoshilinch ravishda tushib qolganligi, ushbu kemani
halokati to'g'risidagi chaqiriqni birinchi bo'lib qabul qilgan va unga
yaqin turgan "Frankfut" kemasi kapitani, "Kutinglar, hozir yetib
boramiz", deb javob bersada, yordamga kelmaganligi yoki ayrim
yo'lovchilar kema halokatga uchrab, qutqaruv ishlari davom etayotganda
ularning kemasi yonidan chiroqlarini o'chirib bir kema (ayrmlar uni
"Frankfurt" deyishmoqda) to'xtamasdan o'tib ketganligi, "Titanik"
halokatining haqiqiy sabablarini aniqlash bo'yicha ayrim davlatlarning
90 yildan buyon qilayotgan urinishlari turli to'siqlarga uchrab, bu
boradagi ishlar ketma- ket to'xtatilayotgani, bularning hammasi bu
halokat orqasida qandaydir sir borligini bildiradi.Vaqt oliy hakam
deydilar.Vaqti kelib, XX asr fan texnikasning ulkan yutug'i hisoblangan
"Titanik" kemasi halokating haqiqiy sabablari aniqlanib, hozircha
ochilmay turgan sirlardan jahon jamoatchiligi voqif bo'ladi, degan
umiddamiz. Mirza TURSUNOV huquqshunos. "Adolat kuchi" gazetasidan
|