Главная | Регистрация | Вход | RSSDushanba, 20.05.2024, 21:56

SOFT PORTAL OF UZBEKISTAN

Меню сайта
Категории раздела
Kompyuterlar uchun [16]
Mobil telefon uchun [10]
Foydali maslahatlar [13]
Sport yangiliklari [5]
Oshxona [4]
Avto Olam [3]
Bu qiziq ... [42]
She'riyat [10]
Kitoblar [8]
Shou-Biznes [0]
Ilm-Fan [3]
Kashfiyotlar [7]
Latifalar [1]
Buyuk Siymolar [21]
Ibratli hikoyalar [4]
Topishmoqlar [6]
Aforizmlar [19]
Yulduzlar biografiyasi [2]
Dasturlash tillari [6]
Eng-Eng-Eng [4]
Hayvonot dunyosi [14]
Qiziqarli masalalar [1]
Salomatlik [2]
O'simliklar dunyosi [1]
Maqollar [7]
E-Book [1]
Мини-чат
Наш опрос
Qaysi biri kuchli?
Barcha javoblar: 37
Статистика

Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

13:56
Xudoyberdi To'xtaboyev

«Ota-onadan yetim qolganman. Asosan dehqon bobomning, ostona hatlab ko'chaga chiqmagan momomning qo'Ilarida ulg'ayganman. Oyat, ertak, rivoyat, dostonlarni momomdan tinglaganman. Bobom rahmatlik nihoyatda qattiqqo'l odam bo'lganlar. O'zlari dam olish nimaligini bilmaganlar, shundanmi, «Charchadim», degan so'zni eshitishga toqatlari yo'q edi. Bir safar teshani qaytib joyiga qo'ymaganim uchun jazolaganlar. Na oilamizda, na qishloqda mendagi so'zga moyillik tuyg'usining ko'karishiga sharoit bo'lgan. Esimda, qishlog'imizda Hodixon eshon, Qirg'iz domla, Shodivoy qori, Rayim qori degan kitobxon mo'ysafidlar boiishgan. «Matmusa bobonikiga oboring» deb yig'Iaganlarim esimda... Kitob ko'rgan odamlarning suhbatiga mushtoq bo'lib  kechalari fonus ko'tarib eshikmaeshik yurardik...Qora jomadon ko'tarib, ko'zim yonib, zo'r ishtiyoq bilan Toshkentga kelganman, SAGU'ning logika-psixologiya bo'limiga o'qishga kirganman.»Adibning bu so'zlari g'aroyib bolalik davrining yorqin bir manzarasini namoyon etadi.Xudoyberdi To'xtaboyev oliy o'quv yurtini tugatgach, «Toshkent haqiqati*, «Qizil O'zbekiston* ro'znomalarida, «Guliston», «Gulxan», «Sharq yulduzi», «Yosh kuch» oynomalarida, «Kamalak» nashriyotida ishladi. O'zbekiston yozuvchilar uyushmasida, «01tin meros» respublika jamg'armasida xizmat qildi.Ijodining   dastlabki  davridanoq  hajvga,   kulgiga  moyil  yozuvchi qator hikoya to'plamlari, qissa va romanlar yaratdi. Bu asarlar o'quvchilar orasiga tez tarqaldi va ularning mehriga sazovor bo'ldi. Ayniqsa, adibning «Sehrli qalpoqcha*, «Sariq devni minib», «Sariq devning o' limi», «Besh bolali yigitcha», «Qasoskorning oltin boshi», «Yillar va yo'llar», «Sehrgarlar jangi yoki shirin qovunlar mamlakatida» singari asarlari yozuvchining nomini mashhur qildi. X.  To'xtaboyev O'zbekiston xalq yozuvchisidir.Mamlakatimizda adibning «Sariq devni minib» asarini o'qimagan maktab o'quvchisi kam topiladi. Bu asar o'nlab tillaiga tarjima qilingan. Ko'pchilik o'quvchilarni «Sariq devni minib» romanining qanday dunyoga kelganligi qiziqtiradi. Xudoyberdi To'xtaboyev o'n yilcha felyetonchilik bilan shug'ullangan. O'z davrida uning ko'plab o'tkir felyeton'lari xalqning og'ziga tushgan. Juda ko'p adolatsizliklarning bartaraf etilishiga, haqiqatning qaror topishiga jurnalist shu tariqa hissa qo'shgan. Ammo yozuvchida turli sabablar bilan yozilmay qolgan yoki yozilsada, o’sha vaqtlarda bosilishi mumkin bo'lmagan, yoxud mohiyatiga ko'ra felyetonga sig'maydigan tanqidiy yo'nalishdagi juda ko'p materiallar bo'lgan. Ular adibning dilini og'ritgan, ruhiyatiga bezovtalik solgan. Yozuvchini bezovta qilgan, uning nafratini uyg*otgan, juda ko'p yomonliklarning kelib chiqishiga sabab bo*ladigan insoniy kamchiliklar «Sariq devni minib» asarida g'oyat jonli timsollarning hayoti misolida, o'ta qiziqarli va serhayajon voqealar asnosida tasvirlangan.

 

Категория: Buyuk Siymolar | Просмотров: 2825 | Добавил: WebmasterUz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 ruqiya  
MANGA JUDA YOQDI JUDA TASIRLI..

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  May 2011  »
DuSeChorPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2024