Bobur dunyoni hayratga solgan yirik davlat va madaniyat
arbobi, mohir sarkarda, donishmand tarixchi, zakovatli olim va tarjimondir.
Ayni paytda u adabiyotimizning Navoiydan keying! zabardast vakili hisoblanadi.
Hayot yoTi, Bobur 1483- yili Farg'ona viloyatining
poytaxti Andfjonda tug'ilgan. Otasi ushbu viloyat hokimi Umarshayx Mirzo Amir
Temurga to'rtinchi avlod ~ evara edi. Onasi Qutlug' Nigorxonimning otasi
Yunusxon esa o’n ikki avlod bilan Chingizxonga ulanardi. Ko'rinadiki, Bobur
insoniyat tarixidagi ikki buyuk sulola tutashgan nuqtada dunyoga kelgan
jahonning eng mashxur shaxslaridan biridir. Murakkab va ziddiyatli hayoti
o'spirinlikdan to umrining oxirigacha jang-u jadallar, sarson-sargashtalik,
zafar va mag'lubiyat, ijod-u bunyodkorlik og'ushida kechdi.
1494- yilda Umarshayx Mirzoga qarshi uning o’z akasi -
Samarqand hokimi Sulton Ahmad Mirzo hamda qaynog'asi Toshkent hokimi Mahmudxon
o’zaro til biriktirgan holda qo'shin tortib, Farg'onaga yurish qiladilar.
Nihoyatda qaltis vaziyat vujudga keladi. Buning ustiga kutilmagan falokat yuz
beradi: Andijonning g'arb tomonidagi jar yoqasida bino bo'lgan Axsi qo'rg'onida
turgan Umarshayx Mirzo kabutarxonasi bilan jarga qulab, halok bo'ladi.
Umarshayxdan uch o'g'il va besh qiz qolgandi. O'g'illarining kattasi - 12
yoshga qadam qo'ygan Bobur taomil bo'yicha taxtga o'tiradi. Yaratganning
ko'magi bilan u taxtni saqlab qoladi. O'ratepa, Xo'jand va Marg'ilonni qo'lga
olib Quvaga kirgan Sulton Ahmad qo'shini shaharni kesib o'tuvchi Qorasuv
ko'prigida toshqinga uchrab, tuya va otlari botqoq suvga cho'kib, ko’pi nobud
bo'ladi. Ustiga-ustak olat tarqaladi. Qo'shin vahimaga tushadi. Sulton Ahmad
sulh tuzib ortga qaytadi va yo'lda vafot etadi. Sulton Mahmud ham Axsini bi
muddat qamal qilib ololmay, ketishga majbur bo'ladi. Sharoitdan foydalanib
qolmoqchi boigan Koshg'ar va Xo'tan hokimi Abobakr Do'giatning ham O'zgand
yaqinidagi harakatlariga chek qo'yiladi. "Boburnomaning aynan shu
voqealarga ishora qilib "Tengri taoloning inoyati..." so'zlari bilan
boshlanishi bejiz emasdi. Bobur 1497- yili 15 yoshida sohibqiron Amir Temur
poytaxt qilgan Samarqand shahrini egallaydi. Lekin moddiy tanqislik, qaltis
siyosiy vaziyat tufayli bu shahri azimni tashlab chiqishga majbur boiadi.
Andijonda xiyonat yuz bergandi. Bobur ishongan beklar taxtga ukasi Jahongir
mirzoni o’tqizmoqchi bo’ladilar. Ikki yil sargardonlikdan so'ng katta
mashaqqatlar bilan Andijon qaytarib olinadi. 1500- yilda Bobur Samarqandni
jangsiz osonlik bilan qo’lga kiritadi. Lekin Shayboniyxon yaqinlashib
kelayotganligi uchun kuch to'plash maqsadida Shahrisabzga jo'naydi. Shunda
Shayboniyxon Sulion Ali mirzoning onasi Zuhrabegimni unga uylanish va'dasi
bilan aldab, shaharni egallaydi. 1501- yili Bobur 240 nafar navkari bilan yetti
mingga yaq-in qo'shini boigan tajribali shoh Shayboniydan Samarqandni tortib
olishga muvaffaq boiadi. Ko'p o'tmay Shayboniyxon shaharni qamal qildi va u
uzoq davom etdi. Bir tomondan shahar ichidagi ochlik, ikkinchi tomondan
qarindoshlari boimish boshqa temuriylardan madad kelmagani yosh hukmdorni ogir
bo’lsa-da bir qarorga kelishga undadi. U yana Samarqandni tashlab ketishga,
nafaqat Samarqandni, jondan aziz Vatanini ham butunlay tark etishga majbur
boidi. Ikki yilga yaqin sarson-sargardonlikdan so'ng 1503- yilda Kobulga yoi
oladi. Kobul va G'aznani jangsiz egallaydi va o'zini I shoh deb e'lon qiladi.
1507- yildan Hindistonni zabt etish harakatiga tushgan Bobur 1526- yili o4z
maqsadiga yetadi. Shu yilning 21- aprelida Panipat jangida Boburning 12 minglik
qo'shini hind sultoni Ibrohim Lo'diyning 100 ming kishilik askari bilan
to'qnashadi. Ajdodlaridan meros jang sirlari, yillar davomida to'plagan
tajribasi hamda taqdirning bergan achchiq saboqlari qo'l keldi. Bobur hind
yerida Ovrupada keyinchal k "Buyuk mo'g'ul imperiyasi" deb atalgan
ulkan saltanatga asos soldi. Bobur va boburiylarning hukmdorligi Hindiston
tarixida juda katta ijobiy ahamiyat kasb etdi.
Bobur Hindistondagi din-mazhab janjallarini oldini
olishga, mamlakatda osoyishtalik qaror toptirishga urindi. Adolatli qonunlar
chiqardi, g'ayridinlik soligi (juz'ya)ni bekor qildi, o’lgan erning tirik
xotinini murda bilan birga yoqishni ta'qiqladi. Mamlakatda obodonchilik
ishlarini yolga qo’ydi. Kanallar qazdirdi, binolar qurdirdi. Atrofiga olim-u
fozillarni to'pladi. Shuningdek, hind yerida hali hech bolmagan boglar bino
qildi. Movarounnahrning shirin-sharbat mevalarini ekdirdi. Lekin jang-u
jadallar, saltanat tashvishlari, ayniqsa, Vatan soginchi nozik qalb egasi bo’lgan
shoirning sogligiga salbiy ta'sir qildi.
Begona bir yurtni zabt etish hech qachon oson
kechmagan. 1526- yil-ning 21- dekabrida Bobur dushmanlari tomonidan zaharlanib,
tasodif tufayli omon qoladi. Bu ahvol yigirma besh-yigirma olti kun davom
etadi. Bobur 1530- yilning 26- dekabrida Agrada vafot etadi. Keyin uning xoki,
vasiyatiga muvofiq, Kobulga ko'chiriladi.
Ijodiy merosi. Bobur xalqimizning har jihatdan yetuk,
g'oyat iste'dodli farzandi edi. U o'ta notinch, sargardonlikda kechgan umrini
zo4r salohiyati tufayli jozibali qila oldi. Uning hayoti faqat janglar
bilangina emas, ilhomiy onlar bilan ham to’la edi. U yigirma yoshida yangi bir
yozuv "Xatti Boburiy"ni kashf qildi. Umr bo'yi ajoyib she'rlar yozdi,
devon tartib qildi. Musiqa bilan shug'ullanib, "Chorgoh" maqomiga
"savt"lar bitdi. 1521-yilda she'riy yo'lda soliq ishlarini tartibga
soluvchi "Mubayyin al-zakot" ("Zakot bayoni") asarini
yozdi. 1523-1525-yillarda aruz vazni haqida "Muxtasar" nomli risola
bitdi. Boburning "Harb ishi", "Musiqa ilmi" nomli asarlari
hozirgacha topilgan emas. U tarjima bilan shug'ullandi. Xo'ja Ahrorning
"Volidiya" asarini she'riy yo'l bilan o'zbekchaga o'giradi.
Muallifning "Boburnoma" asari nafaqat o'zbek
adabiyoti, balki jahon adabiyotining nodir namunasi sanaladi. Bu memuar
(esdalik) asarida Bobur o'n ikki yoshida taxtga chiqishidan boshlab umrining
oxirigacha boshidan o'tkazganlarini, ko'rgan-kechirganlari, guvohi bo'lgan
voqealarni siyosatchi, davlat arbobi, olim, sayyoh va shoir nigohi bilan tahlil
etadi. Shuning uchun bu asar tarix, etnografiya, geografiya, tilshunoslik,
adabiyotshunoslik va boshqa fanlar uchun birday manba boMa oladi. "Boburnoma"ning
o'zbek nasri taraqqiyotidagi o'rni beqiyosdir.