Taniqli o'zbek shoirasi Zulfiya 1915- yilning
1-tnartida Toshkent
shahrida Isroil temirchi oilasida tug'ildi. 1922-yildan 1931-yilgacha maktabda,
so'ng 1931 - 1934-yillar orasida qizlar bilim yurtida tahsil oldi. Mehnat
faoliyatini juda erta boshlagan shoira deyarii bir umr jumafistika va nashriyot
sohasida ishladi. U 1935 - 1938- yillarda Til va adabiyot instituti aspiranti,
1938 - 1948-yillar mobaynida Bolalar nashriyoti muharriri, Ozbekiston davlat
nashriyoti bo'lim mudiri, 1953- yilgacha «Saodat» jurnalida bo'lim mudiri,
1953- yildan to 1980-yilga qadar, salkam o'ttiz yil davomida, shu iurnalning
Bosh muharriri lavozimida ishlab keidi. Mashhur o'zbek shoiri Hamid Olimjonning
turmush o'rtog'i, o'ziga xos she'riyati biian minglab kitobxonlar qalbini rom
etgan talantli shoira Zulfiya 1997-yilning1-avgustida vafot etdi.
Shoira badiiy ijodga juda erta kirishdi. O'n yetti
yoshida «Hayot varaqalari» deb atalmish dastlabki she'riy kitobini chop
ettirdi. Uzoq ijodiy umri davomida o'ttizga yaqin she'riy to'plamlar, o'ndan
ortiq dostonlar yaratdi. Shoira hammani o'ylatadigan, barcha kishilarga Jaxldor
bo'lgan holatlarni she'rga soladi. Shuning uchun ham yozganlari ko'pchilikka
manzur bo'ladi. Zulfiyaning ulkan iste'dodi faqat yurtimizdagina emas balki
dunyo miqyosida ham e'tirof etilgan.U- xalqaro «Nilufar» mukofoti
egasi.
Shoira sherlarining el aro mashhurligi tasodifiy emas.
U bolaligidan olamga hayrat ko'zi bilan qarovchi, uning boshqalar
ko'rolmaydigan jihatlarini ilg'ovchi qizaloq ekanligi bilan ajralib
turardi.Buning ustiga, oilasidagi muhit
ham yosh Zulfiyada badiiy ijodga ishtiyoqni alangalatardi. Shoira bolaligini
shunday eslaydi: «Otamni... Isroil degrez der edilar. Otam zahmatkash temirchi
edi. Otamning hamma vaqt olovga yo'ldosh kasbidan faqat zavq ko'rar edim.
Otamday qudratli odam yo'q edi men uchun. Temirlar otam qo'lida chaqmoqlar
taratishiga boqib, hayratda qolar edim. Uning qo'llari cho'g'ga aylangan temir
parchasini istagan shaklga solib, inson uchun kerakli narsaga aylantirishga
qodir edi. Men hali-hanuz otamday boMishni orzu qilaman, ammo na iloj, inson
qalbiga kira bilish temirga ishlov berishdan mashaqqatliroq, yurakni chaqmoq
kabi alanga oldirish har kimga ham muyassar bo'lavermas ekan...
Mening onam o'zining ta'bincha, «usti butun - ichi
tutun» ayollardan edi. U hamma vaqt kamgap, xayolchan edi, lekin fikrlari,
o'ylari mudroq emasligini, unga mutelik, zaiflik yot ekan-ligini bilar edim.
Ruhidagi ma'yuslik, ovozidagi hazinlik faqat uning xarakteriga xos bir
sifatgina edi,xolos.
Onamning qancha-qancha qo'shiq va afsonalarni, doston
va er-taklarni bilisjiiga aqlim bovar qilmasdi. Bu sehrli afsona va ertaklar
bizga benihoya huzur bag'ishlar, o'ziga rom qilib olar, har safar yangi jilva
kasb etardi. Aminmanki, mo'jizalar yaratishga qodir, jahonni ko'zga keng
ochuvchi, insonni go'zallik sari yetaklovchi so'zga shaydolik hissini mening
qalbimda ostona hatlab ko'chaga chiqmaganoddiy ayol-onamuyg'otgan...»
Zulfiya she'riyati ana shunday pokiza buloqlardan suv
ichgan ijoddir. Ayni shu sababdan uning tinchlik haqidagi, inson ruhiya-tini
g'ajib tashlay oladigan hijron to'g'risidagi, tabiatning ajib bir holati
borasidagi she'rlari hech kimni befarq qoldirmaydi. Shu bois shoiraning barcha
ayollarga, barcha onaiarga, barcha ma'shuqalarga xos, tushunarli, anglanarli
bo'lgan she'riyati aslo eskirmaydi. Uning asarlarida halol inson tuyg'ularining
porloq yulduzi charaqlab turadi.