Imom
al —Buxoriy nafaqat yirik olim, balki o'zining go'zal xulq-atvori, odamoxunligi, muruwatliligi,
himmatliligi va beqiyos saxovatliligi bilan boshqalardan tamomila ajralib
turgan. U zehni o'tkirligi va yodlash qobiliyatining kuchliligi bilan ham xalq
orasida g'oyat shuhrat qozongan. Manbalarda al — Buxoriyning 600 mingga yaqin hadisni
yod bilgani qayd qilingan.
Imom al
—Buxoriy xorijdan qaytgach, o'z vatani Buxoroda ko'plab shogirdlar va ulamolarga hadis ilmidan saboq berish bilan mashg'ul bo'ladi. Ko'pchilik uni hurmat qilgan, ammo ba'zi
hasadgo'y, qora niyatli kishilar al
—Buxoriyni ko'rolmas edilar, Natijada hasadgo'ylarning hatti — harakati tufayli Buxoro amiri Xolid ibn Ahmad az
—Zuhaliy bilan al — Buxoriyning
aloqasi buzilib qoladi. Bunga sabab, amir olimdan huzuriga kelib «Al jome' as —
sahih», «At — ta'rix» kitoblarini o'qib berishni talab qiladi. Lekin al —Buxoriy «Men ilmni xor
qilib, uni hokimlar eshigi oldiga olib
bormayman, kimga ilm kerak bo'lsa, o'zi izlasin. Lekin Alloh oxirat kuni ilmni yashirmay uni toliblarga sarf qilgan
uchun meni kechiradi», degan javobni
aytadi. Amirga javob yoqmay, fitnachi, bo'htonkor shaxslarning gapiga kirib al —Buxoriyga shaharni
tark etishni buyuradi. Shundan keyin al —Buxoriy Samarqandga qarab yo'l oladi
va birmuncha Xartang qshlog'ida o'z
shogirdlari va qarindosh —urug'larinikiida yashagandan keyin og'ir kasalga chalinib, hijriy 256 yil (melodiy 870 yil
1 sentyabr) 60 yoshida vafot etadi va
shu Yerda dafn qilinadi.
Imom al — Buxoriy avlodlarga boy va qimmatli
ilmiy meros qoldirgan bo'lib, u yozgan asarlarning soni yigirmadan ortiqdir.
Ulardan «Al—jome' as —sahih», «Al —adab al —mufrad», «At —ta'rix as
—sag'iy», «At — ta'rix al —avsot», «At —ta'rix al —kabir», «Kitob al —kuna»
va boshqalarni ko'rsatish
mumkin. Buyuk allomaning eng muhim asari, shubhasiz, «Al — jome' as — sahih»dir. Bu asar «Sahiyh al —
Buxoriy» nomi bilan ham mashhur.
«Al —adab al — mufrad»da boshqa mualliflarning
asarlarida uchramaydigan bir qancha hadis va xabarlar bor. Tanqidchi muhaddislardan
ba'zilarining so'ziga qaraganda «Al —adab al — mufrad»dagi hadislarning
isnodlari e'timod jihatidan muallifning «Al — jome' as
—sahih»laridagi hadislarning isnodiga yaqinroq bo'lib, «Olti kitob»dagi
hadislar isnodidan yuqori hisoblanadi.
«Al
—adab al —mufrad» kitobi 1889 yili Hindistonning Bixar viloyatidagi «Al —xaliliy» matbaasida, ikki
marta Konstantinada va 1930 yili Qohiradagi «Al —g'oziya» matbaasida chop
etilgan. Bundan tashqari ko'p
mamlakatlarda uning qo'lyozma nusxalari ham saqlangan, lekin, afsuski, bu qimmatli asarga sharh, hoshiya
yoki taliqalar yozishga deyarli e4ibor
berilmagan.
Hadislarning mavzu qamrovi nihoyatda keng. Ular
Muhammad payg'ambarning hayoti va faoliyati bilan bog'liq hadislar talqini,
o'zaro insoniy munosabatlar, do'stlik, ahillik, saxovat, ota —onalarga va qarindosh —urug'larga
munosabat, halollik, poklik, adolat, insof, diyonat, hasad, xiyonat,
rostgo'ylik, yolg'onchilik, fitna —fasod va boshqa insoniy fazilatlar va
nuqsonlar ustida bahs yuritadi. Muhimi, ularda yuksak insoniy fazilatlar
ulug'lanadi, kishilarda shunday xislatlarnng bo'lishi ma'qullanadi va
targ'ib qilinadi, aksincha, yomon fel —atvor va xususiyatlarning
kishilik jamiyati uchun kulfat va azoblar keltirishi qayta —qayta
ta'kidlanadi. Ilm — ma'rifat borasida ham ko'plab hadislar mavjud. Masalan,
ularning birida «Garchi Xitoyda bo'lsa ham, ilmga intilinglar, chunk!
ilm olishga harakat qilish har bir mo'minga farzdir», deyiladi. Bunda
kishilarni ilm olishga undash, o'z bilimini chuqurlashtiishga
da’vat ochiq ko'rinib turibdi.
Vatan va vatanparvarlik bilan bog'liq hadislar ham anchagina.
Tabiiyki,
ular orasida «Vatanni sevmoq iymondandir» hadisi mashhurdir.
Hadislar hayot hodisalari haqidagi o'gitnomalardir.
Aslida dinning o'zida ham bu xislat mavjud. «Din — nasihatdan iborat» degan hadis bejiz emas. Umuman,
kishilarni ahillik, hamjihatlik, ittifoq bilan yashashga undash,
buning oqibati xayrli va barakali natijalar bilan yakunlanishini ko4rsatish,
aks holda esa parokandalik, fayzsizlik sodir bo'lishi bu o'gitnomalarda ko'rinib turadi.
Hadislar insonni samimiyatga, pokdomonlikka,
mustahkam iymon va sobit e'tiqod egasi bo'lishga undaydi:
«Savobli
ish qilganingizda xursand bo'lsangiz, gunoh ish qilganingizda esa xafa bo'lsangiz, demak, siz
haqiqiy mo'mindirsiz».
Hadislarda ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj bo'lgan kishilarga alohida
e'tibor berlgan: «Qalbing muloyim, hojating ravo bo'lishini xohlaysanmi? Xohlasang, Yetimlarga
mehribon bo'l, ularning boshini sila, o'z taomingni ularga Yedir. Shunda diling
yumshab, hojating ravo bo'lur».
Ammo Yetimlar haqqini Yeyishdan tiyilmoq shart, hatto
u harom qilinadi: «Ikki zaif toifa, ya'ni Yetim va ayol haqqini Yemoqlikni
sizlarga harom qilaman».
Odamiylik ham hadislarda tez —tez tilga olingan mavzulardan. Bundagi asosiy
e'tibor barcha insonlarni teng tutib, hurmat qilishga, barchaga mehr —muhabbat
bilan qarashga tortiladi. Jumladan, «O'zingga yoqqan narsani
boshqalarga ham ravo ko"r!» deyilgan.
Shuningdek, hadislarda qo'li ochiqlik, saxovat, xayr —ehson, boshqalar dardiga sherik bo'lishning
ulug'langan.