Internetning paydo bo`lishi bilan
birga biz bir lahzada so`nggi birja ma`lumotlari, online magazin, mobil
aloqa kompaniyalarining doymo yangilanib va kengayib borayotgan
hizmatlari, Internet provayderlari, IP-aloqa va boshqa turdagi minglab
saytlaridan foydalanish imkoniyatiga egamiz. Bunday qulaylik tovar va
hizmatlar uchun tunu kun to`lovlarni amalga oshirish uchun zamin
yaratadi. Internet millionlab foydalanuvchilarining har biriga yirik
auditoriyani yaratdi. Internet bugungi kunda butun jahon erkin bozoriga
aylandi, elektron to`lov tizimlari esa sotuvchi va haridorlarning bir
lahzada hisob-kitobi uchun imkoniyat yaratadi.
1998 yil 24 noyabrda Internet tizimida tovar va hizmatlar bozori
ishtirokchilari o`rtasida hisob-kitoblarni havfsiz real vaqt
oralig`idaravishda amalga oshirish, shuningdek hususiy pul
o`tkazmalarini amalaga oshirish imkoniyatini beruvchi WebMoney Tranfer elektron to`lov tizimi o`z faoliyatini boshladi. WebMoney Tranfer – bu elektron hisob tizimi bo`lib, unda barcha foydalanuvchilar universal hisob birliklari bilan ayira boshlashlari mumkin:
WebMoney (WM) titul belgilari bilan. WM titul belgilari bilan Internet
tizimida tovar va hizmatlar uchun to`lov sifatida qabul qilinishi
mumkin, undan tashqari WM titul belgilarini keng tarqalgan WM ayira
boshlash shahobchalari orqali bank yoki pochta o`tkazmalariga, boshqa
titul belgilariga ayira boshlash mumkin. O`z kompyuterida WM
Keeper mujozlik dasturiy ta`minot tizimini ornatish bilan WebMoney
Tranfer tizimi foydalanuvchisi maqomini oladi. Har bir WebMoney Tranfer
tizimi foydalanuvchisi o`z shahsiy WM-hamyonni ochadi (yoki turli
hildagi WM titul belgilari uchub bir necha hamyonlarni), bu hamyondan
boshqa bir istalgan hamyonga tovar va hizmatlar uchun to`lov sifatida
mablag`larni bir zumda o`tkazishi mumkin, yoki hususiy o`tkazmani
amalga oshirishi mumkin. Bunda o`tkazma uchun foyiz – o`tkazma
miqdoridan 0.8%, biroq mutanosib ravishda 50 dollardan oshmagan
holda. Titul belgilarining hisobi, saqlanishi va bir zumda bir
foydalanuvchining hisobidan boshqa foydalanuvchi hisobiga o`tkazilishi
WM Keeper mujozlik dasturiy ta`minot tizimi tomonidan olib boriladi.
WebMoney Tranfer tizimida moliyaviy va huquqiy kafolatni Tizim garant
lari ta`minlaydi.Havfsizlik tadbirlari majmuasi
foydalanuvchilarning mablag`laridan noqonuniy foydalanish holatlarinig
oldini oladi va ma`lumotlarning sir saqlanishini ta`minlaydi. Mahfiy
habarlar orqali boshqa foydalanuvchilar bilan yopiq muloqaat olib
borish, shartnoma kismlarini muhokama qilish, to`lovlarni sharhlab
borish mumkin. Amalda ko`rsatilganidek, WebMoney Tranfer tizimining
himoyalanganlik darajasi boshqa to`lov tizimlarinikidan ko`ra ancha
yuqori. WebMoney Tranfer tizimida foydalanuvchilar o`rtasidagi
bahsli holatlarni hal etish uchun Hakamlik hizmati va foydalanuvchining
hohish-istagiga qarab uning shahsini tasdiqlovchi elektron raqamli
attestatlar beruvchi WM-attestatlash hizmatlari mavjud. WebMoney Tranfer quydagi titul belgilari bilan muomala qiladi: WMY
– O`zbekiston zonasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun UZS ning
Y-hamyonlardagi ekvivalenti, WMY operatsiyalarining kafili bo`lib
"TILLO GARANT” MChJ O`zbek Kafolat Agentligi hizmat qiladi. WMR
– rubl zonasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun RUR ning
R-hamyonlardagi ekvivalenti, WMR operatsiyalarining kafili bo`lib
WebMoney Transger ning Rossiya hududidagi vakili "BMP” MChJ hizmat
qiladi. WMZ – AQSh dollarida transfert operatsiyalarni amalga oshirish uchun USD ning Z-hamyonlardagi ekvivalenti. WME
–EVRO da operatsiyalarni amalga oshirish uchun EUR ning E-hamyonlardagi
ekvivalenti, WMZ va WME operatsiyalarining kafili bo`lib Amstar
Holdings Limited, S.A. hizmat qiladi. WMU –
Ukraina zonasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun UAH ning
U-hamyonlardagi ekvivalenti, WMU operatsiyalarining kafili bo`lib
"Украинское Гарантийное Агентство” MChJ hizmat qiladi. O’zbekistonda Web Money tizimi va «TILLO GARANT» MChJ ning faoliyati. «TILLO GARANT» MChJ
O`zbekiston Respublikasida elektron tijorat sohasidagi tadbirkorlik
faoliyatining takomillashishiga ko`mak berish maqsadida tuzilgan. "TILLO GARANT” MChJ o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasining "Elektron tijorat to`g`risida”, "Informatsiyalashtirish to`g`risida”, "Elektron raqamli imzo to`g`risida”
gi Qonunlariga muvofiq ravishda olib boradi. "TILLO GARANT” MChJ O`zbek
Kafolat Agentligi O`zbekistonlik foydalanuvchilarga, Internet tizimida
tezkor va havfsiz ravishda pul muomalasi operatsiyalarini amalga
oshiruvchi WebMoney Transfer tizimidan foydalanish imkoniyatini
yaratadi. WebMoney Transfer identifikatsiya tizimi barcha
hisob-kitob operatsiyalarini nazorat qilib boradi, maxsus ishlab
chiqilgan havfsizlik chora tadbirlari esa foydalanuvchilarning mablag`
va ma`lumotlaridan noqonuniy foydalanish holatlarinig oldini oladi, shu
bilan bir vaqtda "TILLO GARANT” MChJ foydalanuvchilarning mulkiy
huquqlari va WMY ko`rinishidagi titul belgilarida ko`rsatilgan
mablag`larini real aktivlar bilan ta`minlanganligini kafolatlaydi.
WebMoney Transfer tizimi foydalanuvchilarining WMY-operatsiyalari
bo`yicha mulkiy huquqlari kafolati "TILLO GARANT” MChJ tomonidan
emissiyalangan va foydalanuvchilar tomonidan harid qilingan qimmatli
qog`ozlar bilan amalga oshiriladi. "TILLO GARANT” MChJ O`zbek Kafolat
Agentligi quyidagi operatsiyalarni amalga oshiradi: 1. WebMoney
Transfer tizimi foydalanuvchilar harid qilgan qimmatli qog`ozlarning
mulk egaligi huquqlarini tasdiqlaydi va ularning hisob varaqalarida
(Y-hamyon) tegishli miqdorda WMY ko`rinishidagi titul belgilarni aks
ettiradi. 2. Foydalanuvchilarning
hohsh-istaklari asosida, ularning hisob varaqalaridan (Y-hamyonidan)
tegishli miqdordagi WMY titul belgilarini, tegishli miqdordagi qimmatli
qog`ozlarning majburiy ravishda qayta harid qilinishi yo`li bilan olib
chiqib ketilishi amalga oshiradi. 3. WebMoney
Transfer tizimi foydalanuvchilariga shahsiy va boshlang`ich
attestatlarni berishda tizim Registratori sifatida attestatsiyalash
jarayonini olib boradi, undan tashqari Registrator hakamlik hizmati
ishida hakam sifatida ishtirok etishi mumkin. WebMoney Transfer
tizimida WMY titul belgilarining hisobi, saqlanishi, harakati va
meyoriy hujjatlarda ko`rsatilgan boshqa operatsiyalar amaga oshiriladi.
Qo`shimcha ravishda "TILLO GARANT” MChJ O`zbek Kafolat Agentligi
WebMoney Transfer tizimi foydalanuvchilariga WMY ko`rinishidagi titul
belgilari bilan operatsiyalarni amalga oshirishda, bahsli holatlar yuz
berganida o`zida saqlanadigan malumotlarga tayangan holda amalga
oshirilgan operatsiyalar bo`yicha tasdiqlash va guvohlik berish
ishlarini amalga oshiradi, shu jumladan tegishli davlat idoralarida ham.
|