Главная | Регистрация | Вход | RSSShanba, 11.05.2024, 13:06

SOFT PORTAL OF UZBEKISTAN

Меню сайта
Категории раздела
Kompyuterlar uchun [16]
Mobil telefon uchun [10]
Foydali maslahatlar [13]
Sport yangiliklari [5]
Oshxona [4]
Avto Olam [3]
Bu qiziq ... [42]
She'riyat [10]
Kitoblar [8]
Shou-Biznes [0]
Ilm-Fan [3]
Kashfiyotlar [7]
Latifalar [1]
Buyuk Siymolar [21]
Ibratli hikoyalar [4]
Topishmoqlar [6]
Aforizmlar [19]
Yulduzlar biografiyasi [2]
Dasturlash tillari [6]
Eng-Eng-Eng [4]
Hayvonot dunyosi [14]
Qiziqarli masalalar [1]
Salomatlik [2]
O'simliklar dunyosi [1]
Maqollar [7]
E-Book [1]
Мини-чат
Наш опрос
Siz uchun qaysi biri kuchli Antivirus?
Barcha javoblar: 47
Статистика

Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Cho‘lda o‘rmalab yurgan jonivorlar ham tug‘ilshidanoq o‘z makonlarini biladilar, havoda uchuvchi qushlar ham, dengiz va daryolardagi baliqlar ham o‘z oshyonlarini his qiladilar, hatto bolari va shunga o‘xshashlar ham o‘z uyalarini muhofaza qiladilar,— shuning kabi odamlar ham qaerda tug‘ilib parvarish topsalar,— o‘sha joyga cheksiz mehr qo‘ygan bo‘ladilar.
F. SKORINA ... Davomini o'qish »
Bo'lim: Aforizmlar | Ko'rildi: 4637 | Qo'shdi: WebmasterUz | Sana: 30.12.2010 | Izohlar(0)

Hamma g alabalar o z ustingdan qozonilgan g alabadan boshlanadi. 
L. M. LEONOV

Haqiqiy buyuklik o zni tuta bilishdan iborat.
F. LAFONTEN

O'zni tuta bilish hayotdagi eng oliy ne'matlarning biridir.
J. PRENTIS

O'zingizni tuta bilar ekansiz, hukmingiz ham buyuk bo ladi.
SENEKA

Faqat dushmanlarni yenggan kishi mard bo lmasdan, o z hissiyotlaridan ustun kelgan kishi ham marddir.
DEMOKRIT

O'z ruhini bo ysundirgan kishi shaharlarni zabt etgan kishidan ham kuchliroqdir.
E. XEMINGUEY

Hayotdagi eng birinchi va eng asosiy fazilat o zni tutishga harakat qilishdir.
V. GUMBOLT

Qalbning qudratli ustivorligi mislsiz in'omdir. U bor ekan, hayotda hech narsa qo rqinchli emas.
ARXILOX

O'zini yenga bilgan kishidan ko ra kuchliroq g olib yo q.
G. BICHER  ... Davomini o'qish »

Bo'lim: Aforizmlar | Ko'rildi: 1207 | Qo'shdi: WebmasterUz | Sana: 30.12.2010 | Izohlar(0)

Men qadimgi donishmandlarning o‘z asarlarida bizga qoldirib ketgan aql durdonalarini ko‘zdan kechiraman; agarki biz ularda nimadir yaxshi bir narsaga duch kelsak, uni o‘zlashtirib olamiz va juda katta foyda orttirgan hisoblanamiz.
SUQROT

Olg‘a intilgan har bir kishi o‘tmish va o‘z davri boyliklaridan foydalanishi turgan gap.
A. DISTERVEG

Mukammal zakovat, agar ta’bir joiz bo‘lsa, avvalgi barcha asrlardagi aqlni o‘zida mujassam etadi.
B. FONTENEL

Xalq — bamisoli oltin qidiruvchi, dur qidiruvchidek gap: u faqat eng nodir, eng buyuk narsalarnigina ajratib, avaylab, bag‘rida asrab, necha o‘n yillar davomida sayqallab keladi.
M. I. KALININ  ... Davomini o'qish »
Bo'lim: Aforizmlar | Ko'rildi: 1000 | Qo'shdi: WebmasterUz | Sana: 30.12.2010 | Izohlar(0)

Hasan aka tikka turadi,
Bolalari chapak chaladi.
(Terak, barglari)

Bolalari qarsak chaladi,
Onalari o‘yinga tushadi.
(Terak, barglari)

Yozda ham qishda,
Bir xil kiyimda.
(Archa)

Otasi uyda qolar,
Bolasi bozor borar.
(Mevali daraxt)

Kichkina qozonning oshi totli.
(Yong‘oq)

Kichkina dekcha,
Ichi mazaliqcha.
(Yong‘oq) ... Davomini o'qish »
Bo'lim: Topishmoqlar | Ko'rildi: 2810 | Qo'shdi: WebmasterUz | Sana: 30.12.2010 | Izohlar(0)

Kichkina mitti,
Shoxini tirab suv ichdi.
(Ari)

Zuv-zuv borar,
Zuv-zuv kelar.
Doston o‘qir,
G’alvir to‘qir.
(Ari)

Uchib yurgan qarg‘aning
Inin buzib bo‘lami?
(Ari)

Tutdan bizga ko‘ylak to‘qir.
(Ipak kurti)

Ko‘k yeb, oltin o‘raydi.
(Ipak qurti)

Daraxt shoxida sakson tuxum.
(Ipak kurti) ... Davomini o'qish »
Bo'lim: Topishmoqlar | Ko'rildi: 1732 | Qo'shdi: WebmasterUz | Sana: 30.12.2010 | Izohlar(0)

Erta turadi,
Jar chaqiradi.
(Xo‘roz)

Boshi taroq,
Dumi o‘roq.
(Xo‘roz)

Bir qo‘shnim bor avval boshdan,
Soqoli uning qizil go‘shdan.
Sahar turib shovqin solar,
Xabari yo‘q hech bir ishdan.
(Xo‘roz)

Ovozasi azonda,
Mazaligi qozonda.
(Xo‘roz)

Saharxez so‘fi,
Tuynukda bibiotin.
(Xo‘roz, tovuq)

Jonlidan jonsiz do‘raydi,
Jonsizdan jonli do‘raydi.
(Tovuq, tuxum, jo‘ja) ... Davomini o'qish »
Bo'lim: Topishmoqlar | Ko'rildi: 2604 | Qo'shdi: WebmasterUz | Sana: 30.12.2010 | Izohlar(0)

Shildir-shildir suv kechar,
Oyog‘i suvga tegmas.
(Tug‘ilmagan qulun)

Suvday chopadi,
Manzilga yetadi.
(Ot)

To‘rt oyoqli,
Temir tuyoqli.
(Ot)

To‘rt oy, yigirma to‘rt yulduz.
(Otning taqasi, mixi)

Suvga tushsa mingta,
Suvdan chiqsa bitta.
(Otning dumi)

Quyon emas,
Uzun quloq,
Ot emas,
To‘rtta tuyoq.
(Eshak) ... Davomini o'qish »
Bo'lim: Topishmoqlar | Ko'rildi: 1919 | Qo'shdi: WebmasterUz | Sana: 30.12.2010 | Izohlar(0)

Erta bilan to‘rt oyoqlab yuradi,
Tushda ikki oyoqlab yuradi,
Kechqurun uch oyoqlab yuradi.
(Odam — bolaligi, yigitligi, keksaligi)

To‘rtida tariqday,
O’ttizda ayiqday,
To‘qsonida tovuqday.
(Odam — bolaligi, yigitligi, keksaligi)

O’zi bitta,
Kallasi ikkita,
Dumi bitta,
Oyog‘i oltita.
(Ot mingan odam)

Bir to‘bada yetti teshik.
(Bosh, og‘iz, burun, ko‘z va quloq)

Bukdim, bukdim,
Ariqdan u yoqqa tashladim.
(Soch o‘rimi)

Qora tol butoqsiz.
(Soch o‘rimi) ... Davomini o'qish »
Bo'lim: Topishmoqlar | Ko'rildi: 2750 | Qo'shdi: WebmasterUz | Sana: 30.12.2010 | Izohlar(0)

Ko‘k ko‘ylakka qo‘l yetmas.
(Osmon)

Ko‘k kosani to‘ntardim.
(Osmon)

Ko‘k ko‘ylakka g‘o‘za yoydim.
(Osmop, yulduzlar)

Oppoq sandiq ochildi,
Olamga nur sochildi.
(Osmon, quyosh)

Uzoq tog‘da o‘t yonar.
(Quyosh)

Suvda yotar — suv ichmas,
Yurganini odam bilmas.
(Quyosh)   ... Davomini o'qish »
Bo'lim: Topishmoqlar | Ko'rildi: 2855 | Qo'shdi: WebmasterUz | Sana: 30.12.2010 | Izohlar(0)

Shu dargohga kelsam qo’l titrab,

Ko’ngil kuyar ko’zga kelar nam.

Oliygohga kelsam tentirab,

Bir nimalar ortiq nadir kam.

 

Zinalardan yuqori chiqib,

Derazadan termulsam pastga.

Ortga qaytar vaqt g’ildiragi,

Xotiralar uyg’onar asta. ... Davomini o'qish »

Bo'lim: She'riyat | Ko'rildi: 1044 | Qo'shdi: WebmasterUz | Sana: 30.12.2010 | Izohlar(0)

« 1 2 ... 16 17 18 19 20 21 »
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  May 2024  »
DuSeChorPayJuShaYak
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2024